5 aprelь kuni AQSh boʻylab Donald Trampning siyosatiga qarshi keng koʻlamli norozilik aktsiyalari oʻtkazildi. 50 ta shtatni qamrab olgan ushbu namoyishlar, Tramp prezidentligi davrida kuzatilgan eng katta harakatlardan biriga aylandi.
Hindiston parlamentining quyi palatasi musulmonlar vaqf mulklarining boshqaruv tizimini oʻzgartiruvchi “Vaqflar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi”ni qabul qildi.
Musulmon mamlakatlar bu yilgi Ramazon Hayitini katta xursandchilik bilan qarshi oldi. Turli davlatlarda millionlab insonlar Hayit namozida ishtirok etib, ezgulik va baraka tilab duo qildilar.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektori kasalxonalariga 26 nafar shahid boʻlgan fuqaroning jasadi, jumladan, vayronalar ostidan olib chiqilgan bir jasad, hamda 70 nafar jarohatlangan shaxs etkazildi.
Hindiston hukumati Kashmirdagi eng katta masjid - Jamiya masjidida Ramazon oyining oxirgi kechalarida namoz oʻqishni taqiqladi. Masjid bosh imomining soʻzlariga koʻra, aynan “Laylatul Qadr” kechasida masjidning yopib qoʻyilishidan minglab musulmonlar norozi boʻlgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon videokonferentsiya orqali Gvineya poytaxti Konakri shahrida oʻzining nomi bilan atalgan yangi masjidning ochilishida qatnashdi.
isroil harbiy aviatsiyasi Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahriga havo hujumi uyushtirdi. WAFA agentligi xabariga koʻra, hujum oqibatida bir falastinlik halok boʻlib, yana bir necha kishi yaralangan.
Britaniya qiroli Karl III saraton kasalligiga qarshi davolash jarayonining nojoʻya taъsirlari sabab shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ shayx Usoma ar-Rifoiyni mamlakatning yangi oliy muftiysi etib tayinladi. Mazkur qaror Damashqda boʻlib oʻtgan musulmon ulamolarining diniy anjumani doirasida qabul qilingan.
Frantsiyaning Intelligence Online razvedka jurnali xabar berishicha, Turkiyaning Aselsan kompaniyasi Saudiya Arabistonining ulkan NEOM loyihasi uchun havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Bu loyiha “Vision 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.