isroil armiyasi Gʻazo atrofidagi keng hududni vayron qilib, u erda yashagan barcha aholini chiqarib yubordi.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron oʻzining Qohiraga tashrifi chogʻida Abdulfattoh as-Sisiy bilan muzokara oʻtkazdi. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, muzokaralar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarish boʻyicha deklaratsiya imzolangan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur boʻyicha bevosita muzokaralar boshlanishini eъlon qildi. U, agar Tehron yadroviy qurol ishlab chiqishdan voz kechmasa, “kuchli oqibatlar” yuz berishini taъkidladi.
2025 yil 7 aprel kuni Xitoy fond bozori 2008 yildan beri kuzatilmagan eng keskin pasayishni boshdan kechirdi.
Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Gʻazo sektoriga hech qanday gumanitar yordam yuborilishiga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha qatъiy bayonot bilan chiqib, “hatto bir dona bugʻdoy urugʻi ham Gʻazoga etib bormaydi”, deya keskin fikr bildirdi.
2023 yil oktyabridan buyon isroil hujumlari oqibatida shahid boʻlgan falastinliklar soni 50 695 nafarga etdi. Soʻnggi bir sutkada yana 26 kishi qurbon boʻlgani va 113 kishi jarohatlangani maъlum qilindi. Umumiy yaradorlar soni 115 338 nafarga etgan.
Amerikaning Yamanga uyushtirgan aviazarbalari Yamandagi “Ansor Alloh” harakatini zaiflashtirish uchun etarli boʻlmaganini CNN nashri rasmiylar va tahlilchilarga tayanib xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston aviakompaniyasi Xitoyning China Southern Airlines kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazgan. Unda mavjud yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar sonini haftasiga etti martagacha oshirish boʻyicha oʻzaro kelishuv imzolangan.
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush fonida Shvetsiya hukumati fuqarolarni himoya qilish uchun 100 million krona ajratib, mamlakatdagi keng qamrovli yadro bunkerlari tarmogʻini yangilash va mustahkamlash ishlarini boshladi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp bosqinchi isroil, Vetnam va Hindiston bilan yangi savdo bitimlari yuzasidan muzokaralarni boshladi.