Saudiya Arabistonida taroveh namozlarini televidenie orqali namoyish qilish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda namoz jarayonidan jonli efirlarni uzatish taqiqlandi. Ushbu tartib masjidlarning maъnaviy muhitini saqlash va namozxonlarni chalgʻitmaslik maqsadida joriy etilgani maъlum qilindi.
Malayziyada Starbucks savdolari boykot sababli 46 foizga kamaydi va 15,1 million dollar yoʻqotdi. Tahlilchilarning taxminlariga koʻra, yoʻqotishlar oʻsishda davom etishi va kelgusi ikki yil ichida kutilayotgan foyda 15 foizga kamayishi mumkin.
Bosqinchi isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu Telь-Avivning Bat-Yam shahrida avtobuslar portlashi ortidan terror armiyasiga Gʻarbiy Sohilda keng koʻlamli "harbiy operatsiya" boshlashni buyurdi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Ukrainadagi urushni Kiev boshlagani, Zelenskiyning reytingi 4 foizga tushib ketgani hamda Ukrainada 2019 yildan beri prezidentlik saylovlari oʻtkazilmagani va oʻshanda “ilgari hech qanday siyosiy tajribasi boʻlmagan komediyachi” hokimiyatga kelganini daъvo qildi. Uning iddaolari qanchalik asosli?
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Arab davlatlari AQSh prezidenti Trampning Gʻazo sektori aholisini boshqa mamlakatlarga joylashtirish rejasiga muqobil ravishda Gʻazo sektorini rekonstruktsiya qilish boʻyicha oʻz rejasini tayyorlashga harakat qilmoqda. Bu reja Gʻazo sektorini HAMASsiz boshqarish va falastinliklarni xorijga koʻchirmasdan qayta qurishda xalqaro ishtirok etish uchun milliy Falastin qoʻmitasini shakllantirishni oʻz ichiga oladi.
Afgʻonistonning Islomoboddagi elchixonasi Pokiston hukumati mamlakatdagi barcha afgʻon muhojirlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotganini maъlum qildi. Ayni paytda Islomobod va Ravalpindi shahridagi afgʻon fuqarolari hech qanday rasmiy xabarnomasiz hibsga olinmoqda va tintuvlarga uchramoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning amaldagi konstitutsiyasini oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters agentligining yozishicha, bu Armanistonning azaliy raqibi boʻlmish Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tuzishga yordam berishi mumkin.
Falastin Vaqf va Din ishlari vazirligining xabar berishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 19 yanvargacha boʻlgan davrda Isroil tajovuzlari davomida Gʻazodagi 1109 ta masjid va 3 ta cherkov vayron qilingan. Masjid va diniy muassasalarning kamida 315 nafar xodimi halok boʻlgan, 27 nafari isroillik harbiylar tomonidan hibsga olingan. Vazirlik masjidlar va diniy muassasalarni tiklash uchun 30 dan ortiq davlatdan diniy va xayriya tashkilotlari rahbarlari va boshqa diniy etakchilar kirgan Minoralar koalitsiyasi tuzilganini eъlon qildi.
Donalьd Tramp Ukraina prezidentini Vladimir Zelenskiyni saylov oʻtkazishdan bosh tortayotgani uchun «diktator» va «kichik muvaffaqiyatga erishgan komediyachi» deb atadi. Shuningdek, Zelenskiy urushga ajratilgan mablagʻlarning yarmi “yoʻqolganini” tan olganini aytdi.