Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Frantsuzlar musulmon ayollarni ozod qilishga emas, balki sindirishga, ularni diniy va madaniy ildizlaridan ajratishga harakat qilgan. Ular ayollar tanasini koʻrishni, ularni nazorat qilishni istashgan - rad etilganda esa, mustamlakachi tafakkurga xos tarzda gʻazab va zoʻravonlik bilan reaktsiya bildirishgan.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan 24 fevralь kuni BMT Bosh Assambleyasi Kiev va Evropa davlatlari tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi urush boʻyicha rezolyutsiya loyihasini koʻpchilik ovoz bilan qabul qildi. Ushbu hujjatga AQSh, Rossiya qatorida Oʻzbekiston ham qarshi ovoz berdi.
Isroil 2010 yil yozidan buyon badaviy arablar istiqomat qiluvchi Araqib qishlogʻini 236-marta buzib tashladi. Qishloq aholisi har bir buzilishdan keyin uylarini tiklaydi.
Afgʻoniston hukumati mamlakatdagi yagona ayollar radiosi boʻlgan "Radio Begum"ga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Ushbu taqiq radiostantsiyaning "qaysidir xorijiy ommaviy axborot vositasi bilan hamkorligi sababli" tatbiq etilgan edi.
X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida isroillik foydalanuvchining barchani qoʻrqitish maqsadida yozgan izohi dunyo miqyosida Falastin tarafdorlarining "HAMAS uyimizga mehmonga kelsa" deb nomlangan trendiga aylanib ketdi. Turli din va millatga mansub foydalanuvchilar toʻkin dasturxon yozib, HAMAS vakillarini mehmon qilishga tayyorliklarini izhor etishdi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp "Tolibon"dan tanklar, yuk mashinalari, qurollar, tungi koʻrish uskunalarini qaytarishini yana bir bor talab qildi. "Tolibon" esa ushbu qurollar bilan faqat AQShga zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan. Oldinroq, "Tolibon" AQSh Afgʻonistonga hech qanday moliyaviy yordam bermaganini aytib chiqqan edi.
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi uch yil muqaddam ayni shu kunlarda avj oldirilgan urush dunyoning siyosiy kontekstida chuqur iz qoldirdi, davlatlar siyosatini belgilab berdi, yuz minglab odamlarning yostigʻini quritdi. U nafaqat Ukraina mintaqasida, balki butun dunyo boʻylab aks-sado berdi.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning Tula viloyati maktablarida 1 martdan hijob va niqobni taqiqlashni rejalashtirilayotgani haqida xabar berilmoqda. Oʻtgan yilning oktyabrida Vladimir viloyatida xuddi shunday taqiq joriy etilgandi.