Frantsiya senati sport tadbirlari vaqtida hijob kiyishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini maъqulladi. "Ushbu qonun loyihasi siyosiy maqsadlarni koʻzlab ishlab chiqilgan: bu orqali dunyoviylikni himoya qilish bahonasida Islomga qarshi kurashiladi", degan bu haqda sotsialist Selvi Robert.
Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida mast erkak 11 yoshli Egorni koʻplab oʻrislar markaziy osiyoliklarga nisbatan ishlatadigan soʻzlar bilan kamsitib kaltaklagan.
Suriya demokratik kuchlari (SDF) va rasmiy Damashq hamkorlikni mustahkamlash, mamlakat shimoli va sharqida barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha muhim kelishuvga erishdi. Unga koʻra, SDF va xavfsizlik xizmati Suriya armiyasi tarkibiga qoʻshiladi, suriyalik boʻlmagan jangarilar mintaqadan chiqarib yuboriladi.
Qatarning Al Jazeera telekanali oʻz manbalariga tayangan holda HAMAS doimiy sulh uchun isroillik mahbuslarni birdaniga ozod qilishga tayyorligini maъlum qildi. Falastin guruhi, shuningdek, payshanba kuni toʻrt asirning jasadini topshirishini va shanba kuni yana olti nafar tirik asirni ozod qilishini tasdiqladi.
17 fevralь kuni Amsterdamga kelgan va Gʻazoda urush jinoyatini sodir etgan isroillik askar va uning sherigi qoʻlga olinishdan qoʻrqib, Gollandiya poytaxtini tark etdi. Avvalroq isroillik zaxiradagi askar Yuval Vagdani Braziliyadan xuddi shu sababga koʻra qochgandi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon ilk bor AQSh va Rossiya oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Putin yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, salkam besh soat davom etgan muzokaralar “yomon boʻlmagan”: delegatsiyalar “barcha masalalar boʻyicha jiddiy suhbatlashgan”. Muzokaralar boʻyicha nimalar maъlum?
Misr hukumati prezident Abdul Fattoh as-Sisiy tashabbusi bilan Gʻazo sektorini qayta tiklash va mahalliy aholini deportatsiya qilishni istisno qiluvchi rekonstruktsiya rejasini tayyorlamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 fevralь kuni Al-Quvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Isroil Iordan daryosining bosib olingan Gʻarbiy sohilida minglab uylar qurishni rejalashtirmoqda.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.