Musulmon mamlakatlarida, xossatan Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar va BAA kabi islom huquqiy tizimi amal qiladigan davlatlarda jinoyatchilik darajasi haqiqatan ham ancha past. Shunga qaramay, Islom koʻpincha ayollarga qarshi boʻlgani uchun tanqid qilinadi. Ular islom tizimidagi ayollarga nisbatan cheklovlar aslida erkaklarga nisbatan cheklovlar ekanligini bilishmaydi, yoki bilmaslikka oladilar.
Xabaringiz bor, yaqinda Suriyada alaviylar yangi hukumatga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan, hukumat kuchlari isyonchilarni, ularga qoʻshib tinch aholini ham qirgʻin qilgani haqida OAVda xabarlar tarqalgandi. Xoʻsh, aslida nima boʻlgan edi? Rostdan ham milliy ozchilik vakillari – tinch aholi qirgʻin qilinganmidi? Bu haqda voqealarni bevosita ichidan turib kuzatgan kishi – Belgiyadagi Suriyalar forumi prezidenti Doktor Xolid Muhammad Kamoldan eshitamiz.
Sudandagi mojaro muhim pallaga keldi. Oʻttiz toʻqqiz oylik fuqarolik urushidan soʻng Sudan qurolli kuchlari (SAF) juma kuni ertalab Xartum markazidagi prezident saroyini qayta qoʻlga kiritib, urush boshidan beri hududni nazorat qilib kelayotgan isyonchi yarim harbiy guruh – Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF)ga jiddiy va hal qiluvchi zarba berdi.
Ilgari dunyoning eng yaxshi olimlarini oʻziga jalb qilgan AQSh bugungi kunda tsenzura va mafkuraviy nazorat tahdidlari bilan yuzlashmoqda. Soʻnggi hodisalardan biri – frantsuz olimining AQShga kirishiga taqiq qoʻyilishi – akademik erkinlik va ilmiy jamoatchilik mustaqilligiga boʻlgan bosim haqida jiddiy savollarni keltirib chiqardi.
Biroq Ansorulloh hatto Hizbulloh, Eron va boshqa turli qurolli guruhlarning birgalikdagi saъy-harakatlari ham uddalay olmagan ishni qildi – isroilning genotsid harakatlariga maъlum miqdorda zarar etkazishga erishdi. Ushbu hujumlar va bir nechta dron hamda raketalarni hisobga olmaganda, Ansorulloh harbiy jihatdan AQShga teng kela olmasligi, Yamanni Trampning zoʻravonligi uchun qulay nishon qiladi.
Isroilning Suriya janubiga bostirib kirishi uning davom etayotgan suv ambitsiyalaridan darak beradi. Hisobotlar shuni koʻrsatadiki, sionistik rejim hozirda Suriya va Iordaniyadagi umumiy suv resurslarining 40 foizini nazorat qiladi. Jumladan, dekabrda Yarmuk havzasidagi Al-Vahda toʻgʻonini qoʻlga kiritgach, Isroil kuchlari Al-Mantara toʻgʻoni tomon yurdi.
Frantsiyaning tashqi siyosatdagi eъtibor markazlaridan biri Markaziy Osiyo boʻlib bormoqda va mintaqada eng muhim hamkor sifatida Oʻzbekiston eъtirof etilmoqda. Avvallari Parijning mintaqadagi taъsiri cheklangan edi, biroq hozir u Toshkent bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni jadal rivojlantirmoqda. Ushbu qiziqish tasodifiy emas.
Koʻrinib turibdiki, AQShdagi siyosiy oʻzgarishlar fonida Isroil ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishga intilmoqda. Biroq Isroil xatti-harakatlari mintaqa uchun misli koʻrilmagan oqibatlar keltirishi kundek ravshan. Bu nafaqat falastinliklar, balki butun arab mintaqasining voqeligi va tabiatini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bu holatga qarshi turish uchun mintaqa mamlakatlari tezkorlik bilan harakat qilishi kerak. Aks holda kech boʻlishi mumkin.
Diplomatiyaga tayanish va urushdan qochishga intilish oʻrniga Zamir nafaqat Isroil urushini tajovuzkorona olib borishga qatъiy qaror qildi, balki HAMASning Gʻazoda butunlay yoʻq qilinishini va urushning oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi bilan tugamasligini "taъminlash" uchun siyosiy rahbariyat bilan hamkorlik qilishga vaъda berdi.
Musulmon dunyosi saharlik va iftorlik dasturxoni atrofida jamuljam bir paytda, Gʻazodagi falastinliklar bir amallab roʻza tutishmoqda – Isroil ularning oziq-ovqati, suvi va elektr taъminotini toʻxtatib qoʻygan. Hamdardlik oyida sukut saqlash ham aybdorlikka sheriklikdir.