Tahlil
-
AQSh prezidenti Donald Trampning qayta saylanishi dunyoda islomofobiyaning kuchayishiga sabab boʻlgan birgina hodisa emas, balki islom dushmanlari tomonidan shu paytgacha amalga oshirilgan ishlarning natijasidir. Oʻnlab yillar davomida jamoatchilikka taъsir koʻrsatgan maъlum shaxslar, siyosatchilar, tahlil markazlari va ommaviy axborot vositalari islomofobiyaning tarqalishi va chuqur ildiz otishiga hissa qoʻshdi. Lids universiteti akademigi Salmon Sayyidning maqolasida shu haqda soʻz boradi
-
Insoniyat tarixiga nazar solsak, barcha jamiyat va xalqlarda ayollar masalasiga alohida eъtibor berilganiga guvoh boʻlamiz. Ammo ayol oʻzining haqiqiy qadrini Islomda topdi va yaratilmish boʻlgan nafis xilqat vakili ekanini angladi. Feministik harakat ayollar huquqlari uchun kurashgan boʻlsa, Islom bu huquqlarni 14 asr oldin belgilab bergan.
-
Bu soʻzlar tarixda takrorlangan zoʻravonlik va genotsidga befarq boʻlmaslik haqida ogohlikdir. XXI asrga kelib, jahon yana bir bor qurolli mojarolar, xalqlarning qatliomga uchrashi va inson huquqlarining toptalishiga guvoh boʻlmoqda. Biroq bunday vahshiyliklar va xalqaro hamjamiyatning unga munosabati bizga bir necha oʻn yillar avval yuz bergan Bosniya urushi va Srebrenitsa qatliomini eslatadi.
-
Ukraina AQSh taklifi asosida Rossiya bilan 30 kunlik sulhga rozi boʻldi. Jiddadagi muzokaralar ortidan qabul qilingan bu qaror Kremlь tomonidan hali rasman maъqullanmagan. Rossiya hozir frontda ustunlikka ega ekanini hisobga olganda, Moskva sulhga rozi boʻlishi ehtimoli past. Shu bilan birga, AQSh va Ukraina kelishuvi Kievga harbiy yordamni qayta tiklash bilan hamohang kechmoqda. Kremlь muzokaralar boʻyicha oʻz shartlarini qoʻyishi kutilmoqda.
-
Bugun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) hazratlarining vafot etganlariga 10 yil boʻldi. Shayx hazratlari 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyati Asaka tumani Niyozbotir qishlogʻida tavallud topganlar. Hazrat 2015 yil 10 mart kuni yurak infarktidan vafot etgan edilar. Qisqa umrlari davomida bir oʻzlari Islomning har bir fani boʻyicha butun bir kutubxonaga joy boʻlgudek asarlarni yozib, tarjima qilib, sharhlab xalqimizga armugʻon qilib ketdilar. Shayx hazratlarining ummat uchun qilgan ishlaridan Alloh taolo Oʻzi rozi boʻlsin, rahmatiga olsin! Hazratning vafotlari haqida mudhish xabarlar tarqalgan kunlarda yozilgan xotirani yana bir bor eъtiboringizga havola qilishni lozim topdik. Iltimos, maqolani oʻqigach, bir bor “Fotiha” va uch bor “Ixlos” surasini oʻqib, Shayx hazratlari ruhlariga bagʻishlashni unutmang.
-
Isroil Suriya, Livan va Gʻarbiy sohil hisobiga oʻz hududini doimiy ravishda kengaytirib borar ekan, arab hukmdorlari uchun gʻoyat xavotirli vaziyat yuzaga kelmoqda. Ular endi nihoyat oʻzlarining boshiga tushishi mumkin boʻlgan falokatni bartaraf etadigan umumiy pozitsiyaga kelishga majbur boʻlmoqda. Hatto oʻzlarining shaxsiy manfaatlari xavf ostida boʻlsa ham, ular yana imkoniyatni boy berishadimi yoki bundan foydalanishadimi, bunisi hali nomaъlum.
-
Iqtisodiy omillar, xususan, ishsizlik va resurslarga bogʻliqlik qashshoqlikni kuchaytirmoqda. Siyosiy beqarorlik va urushlar iqtisodiy inqirozga olib kelib, korruptsiya vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda. Taъlim va tibbiyot tizimlarining zaifligi kambagʻallikning avloddan-avlodga oʻtishiga sabab boʻlsa, iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.
-
Oila mustahkamligi millat va jamiyat barqarorligiga bevosita taъsir qiladi. Shu sababli Islom oilani himoya qilishga, uni buzilishdan asrashga katta eъtibor qaratgan. Biroq soʻnggi paytlarda jamiyatimizda oilaviy muammolar va ajrimlar koʻpayib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim tashviqotlar esa oiladagi muammolarni ajrim orqali hal qilishga chorlayotgandek koʻrinadi.
-
Netanyaxuning asosiy maqsadi Suriyani tizimli ravishda zaiflashtirish va parchalash, uni Isroil nazorati ostida qoldirib, markaziy hukumatdan mahrum etish hamda mazhablararo mojarolar girdobiga tashlashdan iborat koʻrinadi. "Boshqariladigan tartibsizlik" muhiti Suriyaning oʻn yildan ortiq davom etgan urushdan soʻng tiklanishiga toʻsqinlik qiladi, uni barbod boʻlgan davlatga aylantiradi va yangi Suriyadan kelib chiqishi mumkin boʻlgan har qanday tahdidni kamaytirish bahonasida Isroilni kuchaytiradi. Ibn Xaldun gumanitar va ijtimoiy fanlar markazida ilmiy tadqiqot boʻyicha yordamchi professor Ali Bakir maqolasidan.
-
Sharqiy Turkistonda 1 milliondan ortiq uygʻur "qayta tarbiyalash" lagerlariga qamalgan, ular diniy va milliy shaxsini yoʻqotishga majburlanmoqda. Xalqaro tashkilotlar bu holatni "madaniy genotsid" deb baholasa-da, koʻp davlatlar Xitoy bilan iqtisodiy manfaatlari tufayli sukut saqlamoqda. Buning sabablari nimada?





















