Tahlil
-
90 kundan kamroq vaqt ichida Tramp davridagi Qoʻshma Shtatlar butunlay boshqa bir mamlakatga aylandi. Amerika tuzatish qiyin boʻlgan inqirozga roʻbaroʻ kelmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, ijro hokimiyati odatda urush davriga xos vakolatlarni zimmasiga oldi. Respublikachilar partiyasining deyarli toʻliq taslim boʻlishi qonun chiqaruvchi hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi. Tramp Kongress tomonidan federal idoralardagi suiisteъmolliklarni aniqlash vazifasi yuklatilgan kamida 15 nafar bosh inspektorni ishdan boʻshatdi. Bu korruptsiya va suiisteъmolliklar uchun katta yoʻl ochib berdi.
-
Lavrovning eъtirozidan soʻng jamoatchilik faollari "vallomatlarimiz Oʻzbekistondagi barcha obidalarga ruscha yozuv qoʻshib chiqmasa boʻldi", deyishayotgani ham bor gap. Katta ehtimol bilan ushbu mavzu biroz sovigach, ular kutgan hodisalar ham roʻy berishi mumkin.
-
Yigirma yil ilgari rossiya-amerikalik antropolog Aleksey Yurchak Sovet Ittifoqi umrining oxirgi yigirma yilligidagi bemaъni va gʻayrioddiy voqelikni tasvirlash uchun "gipernormallashtirish" atamasini kiritgan edi. Oʻsha davrda fuqarolar ham, amaldorlar ham sovet tizimi ishlamayotganini va haqiqatni aks ettirmay qoʻyganini ich-ichlaridan bilib turishardi — lekin hamma goʻyo hech narsa boʻlmaganday yashashda davom etardi. Eъtibor qiling: yaqinda Gʻazoda Isroil armiyasi tomonidan 15 nafar tibbiyot xodimi va qutqaruvchi qatl etildi. Ulardan biri bu voqeani videoga tushirib, Isroil armiyasining rasmiy bayonoti asossiz ekanini isbotlagach, dunyo savollar bera boshladi.
-
Koganing oʻldirilishi, uning shaxsi haqida xabar tarqatmagan nashrning oʻzi qolmadi. Yuqoridagi reaktsiyalarning deyarli barchasi faqat Tsvi Kogan atrofida boʻlgan va faqat yahudiylar himoyasi, manfaati uchun munosabatlar bildirilgan. Ammo uning qotillari sifatida BAA sudi tomonidan oʻlimga mahkum qilingan uch nafar oʻzbekistonlik yoshlarning shaxsi haqida, ularni bu jinoyatni sodir etishga sabab boʻlgan omillar, motivlar umuman oʻrganilmagan va hatto oddiy taxminlar ham berilmagan.
-
Isroil davlati 1948 yilda tashkil topganidan buyon Yaqin Sharqdagi harbiy va siyosiy jarayonlarning markazida boʻlib kelmoqda. U tashkil topishi bilanoq qoʻshni arab davlatlari bilan ziddiyatlar boshlangan va bu ziddiyatlar doimiy ravishda urushlarga aylanib kelgan. Isroil oʻzini tinchlik va demokratik qadriyatlar himoyachisi sifatida namoyon etsa-da, tarixiy voqelik shuni koʻrsatmoqdaki, harbiy jihatdan ustunlik siyosiy barqarorlik va mintaqaviy tinchlikka olib kelmagan. Aksincha, har bir urushdan soʻng yangi ziddiyatlar, yangi magʻlubiyatlar paydo boʻlgan. Keling, shu davrgacha Isroil olib borgan urushlar va ularning natijalarini koʻrib chiqamiz.
-
Dunyo tez oʻzgarmoqda. Televizion koʻrsatuvlar, filьmlar, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar, hatto reklamalar ham inson ongiga bevosita taъsir qilmoqda. Ammo bu taъsirning bir xavfli tomoni bor — bu “desensitizatsiya”, yaъni inson biror yomonlikka, buzuqlikka, noqulay holatlarga koʻp bor duch kelganida unga nisbatan sezgirligini yoʻqota boshlaydi. Bu jarayon “axloqiy desensitizatsiya” deb ataladi.
-
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng koʻp tanqidlarga uchragan vakili Francheska Albanese bosib olingan Falastin hududidagi inson huquqlarining eng qatъiyatli himoyachisiga aylandi. Italiyalik olima ayol oʻziga qarshi qoʻyilgan son-sanoqsiz ayblovlar, bir qator mamlakatlarga kirish taqiqlari va hatto oʻlim tahdidlariga qaramay, BMTdagi vazifasini davom ettirish vakolatini saqlab qoldi. Yozuvchi va jurnalist Robert Inlakesh maqolasidan.
-
Bu ovozlarning oʻchirilishi va Vals obroʻsining pasayishi Trampga Eron bilan toʻqnashuvgacha bormaslik yoʻlini ochsa-da, urushga tayyorgarlik va harbiy kuchlarni joylashtirish jarayonlari toʻxtagani yoʻq. Biroq hozircha Tramp Eronni keng koʻlamli hujumsiz oʻz talablariga boʻysundirishga urinayotgani koʻrinib turibdi. Netanyaxu, shubhasiz, Trampni bu yoʻldan qaytarish uchun qoʻlidan kelganini qiladi... Siyosiy sharhlovchi Mitchel Plitnik maqolasidan.
-
2017 yilda IFAga qarshi choralar koʻrmaganini tushuntirar ekan, FIFA "siyosat va din masalalarida betaraf qolishini" taъkidladi. Biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan soʻng darhol 2022 yilgi Jahon chempionatidan chetlatildi. FIFAning "Oʻyin uchun. Dunyo uchun" shiori, aftidan, dunyoning faqat ayrim qismlarigagina taalluqli. Shotlandiyalik yozuvchi va faol Koll Makkeyl maqolasidan.
-
18 mart kuni Isroil harbiy samolyotlari Gʻazoni shafqatsizlarcha bombardimon qilishni davom ettirdi – bir necha kun ichida 800 dan ortiq falastinlik halok boʻldi. Toʻqqiz kunlik hujumdan soʻng Bayt-Lahiya shahridagi namoyishchilar koʻchalarga chiqdi. Ular orasida "Genotsid yoʻqolsin" degan yozuvli plakatlarni koʻtarib olganlar bor edi, baъzilari esa falastinlik qurolli guruhlarga, xususan HAMASga ayblov bilan chiqdi. Bu Isroil uchun ayni muddao boʻldi. Falastinlik olim, yozuvchi Abduljavad Umar maqolasidan.





















