Oʻzbekistonda prezident farmoni bilan tasdiqlangan loyihaga asosan toʻylar tartibga solinadi. Unga koʻra, avgust oyigacha toʻylar, maъraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha parlament palatalari kengashlarining qoʻshma qarori qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Endilikda vatanga qaytayotgan muhojirlar uchun arzon va tartibli avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, ularga “Ishchi viza”sini rasmiylashtirish, yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun moddiy yordam ajratiladi.
Bu haqdagi prezident farmoniga koʻra, Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik gʻoyalarini ilmiy asosda oʻrganish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri boʻladi.
Turkiya poytaxti Anqara shahrida olim va davlat arbobi Ahmad al-Fargʻoniy byustning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda rasmiylar tomonidan Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik munosabatlar rivojlanayotgani va allomaning byusti Anqara shahridagi markaziy bogʻda oʻrnatilishi katta ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.
Butunjahon huquqshunoslar uyushmasi (WOLAS) Oʻzbekiston fuqarolarini Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da qatl etilishdan saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Shavkat Mirziyoev Rim papasi Frantsiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yoʻlladi. Davlat rahbari oʻz maktubida Rim papasi Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshganini alohida eъtirof etgan.
Oʻzbekistonda 2025 yilning birinchi choragida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan maъmuriy huquqbuzarlik ishlarida umumiy 19 201 nafar shaxs yarashuv munosabati sabab, javobgarlikdan ozod etilgani maъlum qilindi.
Turkiyaning “Ayollar va Demokratiya” jamgʻarmasi raisi Sumayya Erdoʻgʻon Bayraktar ishga joylashish jarayonida hijobli ayollarga nisbatan kamsitish holatlariga eъtibor qaratdi. U Frantsiya va Shimoliy Kiprdagi cheklov siyosatini tanqid qilib, eъtiqod erkinligini himoya qilishga chaqirdi.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moʻyi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillashayx masjidlari boʻyicha restavratsiya ishlari muhokama qilingan. Barcha loyihalar kengash aъzolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Qabul qilingan yangi qonunga koʻra, lotereya, bukmekerlik va internet orqali tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar faqat litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Mazkur oʻzgarish bilan ushbu sohalarni tartibga solish vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga berildi.