Samarqandda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi (EI)” sammitida ishtirok etgan ittifoqning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduard Stiprays oʻzaro hamkorlik uchun 12 milliard evrolik investitsiya ajratilganini maъlum qildi.
Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev hukumat energiya resurslari, jumladan neft va gazni Rossiyadan emas Ozarbayjon va Erondan xarid qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini maъlum qildi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva oʻz sahifasida eъlon qilgan xabarga koʻra, nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Andijon viloyatining Bobur shahrida xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga moʻljallangan uy-joy quriladi.
Qozogʻiston madaniyat va axborot vaziri Aida Balaeva mintaqa davlatlari tomonidan yagona telekanalni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotganini maъlum qildi. Loyihaga koʻra, kontent almashish, treninglar, fake xabarlarga qarshi kurashish va yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlari bazasidagi eskirgan Su-27 va MiG-29 samolyotlari oʻrniga Xitoydan uchoqlar sotib olmoqchi. Pekin tomoni esa, yangi qiruvchi samolyotlarni etkazib berishga rozilik bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyovga murojaati bilan mashhur boʻlgan Toshkentdagi "Omina" jome masjidining sobiq imom-xatibi Fazliddin Parpievning Istanbulda qoʻlga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritish uchun "Azon Global" jamoasi Parpievning yaqinlari bilan bogʻlandi.
Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida tahsil oluvchi talabaning aytishicha, har hafta universitetda propagandaga asoslangan maъruzalar hamda Ukrainadagi "Maxsus harbiy operatsiya"ga targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Eъlon qilingan loyihaga koʻra, chorrahalar va piyodalar oʻtish joylarida “aqlli svetoforlar” hamda zamonaviy texnik vositalar oʻrnatiladi. Yoʻllarni yoritish, tozalash va belgilash xizmatlari xususiy kompaniyalar orqali tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taъlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan 40 million dollarlik grant shartnoma orqali respublika boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurish, maktablarni zamonaviy jihozlash va oʻquv dasturlarini takomillashtirish rejalashtirilgan.