Turkiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) asoschisi Abdulla Oʻjalan tarixiy bayonot berib, PKK nazoratidagi barcha guruhlarni tarqatib yuborish va tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi.
Oʻzbekiston prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorini imzoladi.
Tailand 2014 yildan buyon noqonuniy ushlab kelayotgan 48 nafar uygʻurni Xitoyga topshirishga qaror qildi. Ular deportatsiya qilinsa, qiynoqqa solinishi, gʻoyib boʻlishi va oʻlim xavfi kutib turibdi. Xalqaro Uygʻur Kongressi Tailand hukumatini ushbu qarordan voz kechishga chaqirmoqda.
Rossiya va AQSh oʻrtasidagi muzokaralarning yangi raundi Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Rossiya tomonining qayd etishicha,
Qozogʻiston adliya vaziri Erlan Sarsembaevning maъlum qilishicha, Qozogʻiston xalqining “milliy va diniy anъanalariga” zid boʻlgan jasadlarni oʻrganish oʻrniga sud-tibbiyot faoliyatiga “virtual autopsiya”ni joriy etish rejalashtirilmoqda. Mazkur uslub yordamida odamlarning tanasi kompьyuter tomografiyasi yordamida tekshiriladi.
Rivojlangan mamlakatlarning qarzi oʻtgan yili 214,3 trillion dollarni tashkil qilgan. Shvetsiya, Nigeriya, Xitoy, Isroil va Saudiya Arabistoni moliyaviy sektordan tashqari qarz nisbatlarining eng tez oʻsishini kuzatgan boʻlsa, Argentina, Turkiya, Niderlandiya, Gretsiya va Irlandiyada ularning keskin pasayganligi kuzatildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari jismoniy shaxslarga faqat oʻzi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yigʻishga ruxsat berishni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Koʻngillilar esa oʻziga begona boʻlgan shaxslar uchun xayriya mablagʻlarini yigʻishda faqat eъlon berib koʻmaklashishi mumkin boʻladi.
Bahrayn qirolligining Manama shahrida Musulmon donishmandlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ham ishtirok etdi.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan 24 fevralь kuni BMT Bosh Assambleyasi Kiev va Evropa davlatlari tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi urush boʻyicha rezolyutsiya loyihasini koʻpchilik ovoz bilan qabul qildi. Ushbu hujjatga AQSh, Rossiya qatorida Oʻzbekiston ham qarshi ovoz berdi.
“Russia Today” media guruhining Ozarbayjondagi vakolatxonasi (Sputnik Ozarbayjon) oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Ozarbayjon TIV vakili Oyxon Hojizodaning aytishicha, rus kompaniyasi Ozarbayjonda faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkin. Oʻrusiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha bunga izoh bermagan.