«Global qaror qabul qilish mexanizmlari dunyodagi oʻzgarishlarga moslashishi lozim boʻlgan davr keldi. Dunyo aholisining chorak qismini tashkil etuvchi musulmonlar oʻzlariga loyiq tarzda qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishi kerak», — dedi u.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, diniy qoʻmita matbuot kotibi, "Oʻzbekkontsert" rahbariyati va xonandalar ishtirokidagi yigʻilishda oʻzbek sanъatkorlarning majburiy talablarga rioya qilishi hamda ularning kontsert-tomosha paytida "u yoki bu dinni" targʻib qilmasligi taъkidlangan.
Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq 20 martdan boshlab Xitoyning Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi.
Oʻzbekistonda 2024 yilda respublika boʻyicha roʻyxatga olingan jinoyatlarning umumiy soni 132 ming 298 tani tashkil etgan. Bu esa oʻtgan vaqt davomida har 100 ming aholidan 199 nafari jinoyatchilikda ayblanganini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga yangi bosh imom-xatiblar tayinlandi.
Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) qurollarni topshirish va tashkilotni tarqatib yuborish jarayonini boshladi. Ushbu qaror tashkilotning Turkiyadagi qamoqda saqlanayotgan etakchisi Abdulla Ojalanning chaqiriqlari ortidan qabul qilindi.
1997 yil 28 fevralь kuni Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) yigʻilishida armiya rahbarlari Erbaqon hukumatini "layoqatsiz" deb atab, oʻzining qatъiy talablarini qoʻydi. Mamlakatda sekulyar tizimni himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan talablar sirasiga: diniy maktablar faoliyatini cheklash, hijobli ayollarni davlat muassasalarida ishlatmaslik, diniy tashkilotlarning davlat ishlariga aralashuvini taqiqlash va boshqalar oʻrin olgandi.
Rasmiylarning aytishicha, Temu soliq va bojxona toʻlovlaridan qochmoqda, shuningdek, 2024 yilda Oʻzbekistondan 10 million dollar miqdordagi valyutani olib chiqib ketgan.
Shavkat Mirziyoev Fuqarolarning vijdon erkinligini taъminlash va din sohasidagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqladi. Hujjat davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, taъlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda dunyoviy davlatni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilashi taъkidlandi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mamlakatdagi masjidlarda taroveh namozlarini oʻqish vaqtlari va unda oʻqiladigan oyatlar roʻyxatini eъlon qildi.