Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 462 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil harbiylari Suriyaning janubiy Jolan tepaliklari yaqinidagi bufer zonada frantsuz jurnalisti Silven Merkadier va suriyalik faol Muhammad Fayyodni hibsga oldi. Merkadierning maʻʻlum qilishicha, uni harbiylar kaltaklab, shafqatsiz soʻroqqa tutgan va jihozlarini musodara qilgan.
Saudiya Arabistoni fuqarosi Hamda al-Ruvayli 19 bolani tarbiyalash bilan bir vaqtda doktorlik dissertatsiyasini yozmoqda. 43 yoshli ayol kunduzi ish va farzandlariga vaqt ajratsa, kechalari oʻqishga bagʻishlaganini taʻʻkidladi. “Men tartibsizlikni yoqtirmayman. Har kunim reja asosida oʻtadi”, deydi u.
Livandagi prezidentlik saylovlarida ikki yillik inqirozdan soʻng parlament general Jozef Aunni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Livan siyosiy tizimida davlat lavozimlari din va mazhablar oʻrtasida taqsimlangan. Prezidentlik maroniy nasroniylarga, bosh vazirlik sunniylarga, parlament spikerligi esa shialarga tegishli. Bu tizim ichki siyosiy ziddiyatlar va tashqi kuchlar taʻʻsiridagi murakkablikni keltirib chiqaradi.
BBCning Yaqin Sharq boʻyicha bosh muharriri Raffi Berg haqidagi oxirgi maʻʻlumotlar jahon jurnalistikasida shov-shuvga sabab boʻldi.
Oʻzbekiston transport vazirligi xalqaro yoʻlovchi tashish sohasini rivojlantirish maqsadida qator mamlakatlarga avtobus qatnovlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Hukumat tashuvchilarni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy bilan yangi yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish uchun hamkorlikka chorladi.
Oʻzbekistonda 6 yil muqaddam ikki tanishiga diniy mazmundagi ovozli xabar yuborgan fuqaro besh yilu bir oy muddatga qamaldi. Advokatlar sudning hukmi qonun talablariga zid, asossiz, adolatsiz, noshaffof deb hisoblamoqda.