Qirgʻiziston parlamenti deputati Altinbek Qilichbaev konstitutsiyaviy eʻʻtiqod erkinligi huquqini nazarda tutib, ayol politsiyachilarga qalpoq ostidan roʻmol oʻrashga ruxsat berishni taklif qildi. IIV vakili ushbu taklifga qarshi chiqdi.
Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillov oʻlimida gumonlanib Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Ukraina razvedka xizmati unga 100 ming dollar pul mukofoti va Evropa davlatlarida yashash imkoniyatini vaʻʻda qilgani aytilmoqda.
AQSh Davlat departamenti maʻʻlumotiga koʻra, Asad rejimiga bogʻliq aktivlar qiymati 12 milliard dollargacha etadi. Ekspertlarning taʻʻkidlashicha, Asad rejimi hokimiyatni saqlab qolish bilan bir vaqtda "B" rejasi – qonuniy yoki noqonuniy yoʻllar bilan boyliklarni chet elga oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrgan.
Rossiyaning Ulʻyanovsk viloyatida Cobalt engil avtomobili va MAZ yuk mashinasi oʻrtasida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hayotdan koʻz yumdi.
Suriyadagi fuqarolik urushi tufayli yuz bergan siyosiy inqiroz yillar davomida kuchayib bordi va Asad armiyasining qulashi bundan boshqa omillarni ham ochib tashladi.
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik mamlakat hukumatini birinchi AES uchun texnik hamkor tanlashda ehtiyot boʻlishga, “texnologiyalarning eng yaxshi kombinatsiyasini taʻʻminlay oladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Vashingtonning Toshkent bilan hamkorlik qilishga tayyorligini taʻʻkidladi.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan buyon Boshqirdiston eng katta yoʻqotishlarga duch keldi. BBC rus xizmati va "Mediazona" tomonidan ochiq manbalarga asoslanib oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, ushbu urushda jami 83 ming 338 nafar rossiyalik harbiy halok boʻlgan, shundan 3487 nafari boshqirdistonlikdir.
13 dekabrʻ kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev umumiy qiymati 7 milliard dollardan oshgan 18 ta yangi energetika majmuasini ishga tushirib, 6 ta yangi loyihaning qurilishiga start berdi.