Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida qimor oʻyini tashkil etgani uchun ishdan olindi. Uning harakati ichki qoidalarni buzgan deb topilib, mehnat shartnomasi bekor qilindi. Hozirda hodisa boʻyicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qozogʻiston Suriyada sobiq hukumat kuchlariga qarshi kurashgan “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilik tashkilotlari roʻyxatiga kiritmaganini qayd etdi. Bu haqda Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alibek Baqoev BES.media nashriga bergan intervʻyusida maʻʻlum qildi.
Gruziya hukumatining Evropa Ittifoqiga aʻʻzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni 2028 yilgacha toʻxtatib qoʻyish qaroriga qarshi namoyishlar 22 kundan beri davom etmoqda. Namoyishchilar kechasi yana poytaxt Tbilisi koʻchalariga chiqib, hukumat harakatlaridan noroziligini bildirishdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev telefon orqali muloqotda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga RF generaliga ushtirilgan suiqasd munosabati bilan hamdardlik bildirib, teraktni keskin qoraladi.
Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻonistonga tashrif buyurib, DABS bosh direktori Abdul Bari Umar bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda «Oʻzenergosotish» va DABS kompaniyalari oʻrtasida 2025 yil uchun elektr energiyasini sotib olish shartnomasi imzolandi.
"Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" etakchisi Ahmad al-Shara (Jolaniy) Suriyani tiklash jarayoniga oid savollarga javob berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Suriya iqtisodiyoti ogʻir ahvolda qabul qilingan boʻlsa-da, hamkorlik orqali sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilgan. U Suriya kelajagi uchun sabr va qatʻʻiyat zarurligini alohida urgʻuladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 439 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.