Qosim-Jomart Toqaev Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.
Qozogʻiston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima toʻlamagan Oʻzbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozogʻiston va Rossiya maʻʻmuriy va jinoiy ishlar boʻyicha qarorlarni oʻzaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.
Oʻzbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, «Halol» sertifikatlashtirish, sunʻʻiy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi boʻyicha «Umra plyus» dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Prezident Oʻzbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.
Uzbekistan Airways «Haj-2024» dasturi doirasida 124 ta charter yoʻlovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda roʻyxatdan oʻtish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafgʻon temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afgʻoniston TIV.
Oʻzbekiston elchisi Nodirjon Turgʻunov Saudiya Arabistonidagi "Al Faris International" kompaniyasi raisi Osama bin Solih bilan uchrashdi.
Oʻzbekistonda himoya orderini berish bilan bir vaqtda zoʻravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tomonidan zoʻravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jiddada ota-bobolari oʻzbekistonlik boʻlib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamtaʻʻsischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Soʻnggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari Qirgʻiziston vakillari.