Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi. Yilmaz Senat raisi Tanzila Norboeva hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan ham muzokaralar oʻtkazdi.
Anorbank hamda Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi Oʻzbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi.
2024 yil yanvarʻ-mart oylarida Oʻzbekistonda qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning oʻrtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga koʻpaygan.
Oʻzbekiston prezidenti Ramazon hayiti arafasida 426 nafar mahbusni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlarning 135 nafari asosiy jazodan toʻliq, 200 nafari shartli ozod etildi. Ular orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga etmagan shaxslar bor.
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 aprelʻ kuni tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Xiva shahrida prezidentlar norasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikdan tashqari, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari boʻyicha fikr almashdi.
Islom taraqqiyot banki 2024-2028 yillarda Oʻzbekistonning Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga 20 yil muddatga 260 mln dollarlik imtiyozli qarz ajratadi.
Shavkat Mirziyoev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishda IIV va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin boʻlgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan taʻʻsirchan choralarni koʻrishni topshirdi.
Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz Oʻzbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdoning 10 foizi ShUAR hissasiga toʻgʻri kelishi, ushbu hudud bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 mlrd dollarni tashkil etishi maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov vazir etib tayinlanganidan buyon ilk bor Afgʻonistonga tashrif buyurib, “Tolibon” harakatining bir qancha yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, jumladan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalarini koʻrib chiqdi.
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 100 mln dollarlik «Murobaha» moliyalashtirish bitimi hamda agentlik kelishuvini imzoladi. Mablagʻ oziq-ovqat xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida 24 oygacha boʻlgan muddatga ikki transhda ajratiladi.