Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 370 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Yaqin Sharq mintaqasining istalgan nuqtasiga jangovar kallaklarni etkazib beruvchi samarali vositalariga ega Eron rasman yadroviy davlatga aylanishga tayyorlanmoqda. Eron parlamentining 39 nafar deputati Milliy xavfsizlik oliy kengashiga hozirda yadro qurolini yaratishni taqiqlovchi milliy mudofaa doktrinasiga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan murojaat qildi.
AQShda soʻnggi 100 yildagi “eng kuchli”si boʻlishi taxmin qilingan «Milton» toʻfoni Florida shtatining gʻarbiy sohiliga urildi. Yuqori 5-toifali boʻlishi kutilgan toʻfon AQSh qirgʻoqlariga 3-darajaga tushgan holda etib keldi, biroq qurbonlar bor, zarar miqdori oz emas.
Rossiya qoʻshinlari oxirgi toʻrt kun ichida Ukrainaning Odessa viloyatidagi portga ballistik raketalar bilan zarbalar bermoqda. Oxirgi uyushtirilgan hujum natijasida 6 kishi halok boʻldi, yana 8 kishi yaralandi, ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻir. Shuningdek, xorijiy davlatlarga tegishli uchta kema zararlandi.
Britaniyaning The Guardian nashri tahlilchisi Endryu Rotning maqolasida Tehronning yaqinda amalga oshirgan raketa hujumi Isroil mudofaa tizimi engib boʻlmas darajada emasligi tilga olindi. “Asosiy fakt shuki, Eron istasa, Isroilga jiddiy zarba bera olishini isbotlagan”, - deyiladi maqoladi.
Pokistonning Balujiston viloyati Nushki hududida chegaradagi sim panjarani taʻʻmirlayotgan askarlar bilan Afgʻoniston chegara kuchlari oʻrtasida otishma sodir boʻldi. Manbalar afgʻon chegara kuchlari koʻp talofat koʻrganini iddao qilishsa-da, bu borada ikki davlat rasmiylari tomonidan hozircha bayonot berilgani yoʻq.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 369 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQShning Oklaxoma shtatida afgʻonistonlik 27 yoshli Nosir Ahmad Tavhediy 7 noyabrda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi kuni qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Tergovga koʻra, u IShID tomonidan “ilhomlantirilgan”.
Bir yildirki, dunyo hamjamiyatining insoflilari, vijdonlilari boshi egik, isnoddan boʻyni bukik. Eng adolatli, eng xalqparvar tuzum deya sigʻingani demokratiyaning asl qiyofasi bu qadar qabihmidi yo qabih qoʻllardan shunday tus oldimi, bilolmay halak...
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida MDH davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu borada Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamkorlik dasturiga alohida eʻʻtibor qaratilishi maʻʻlum qilindi.