Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Kiev va Moskva ogʻir kasal, yarador hamda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan asirlarni almashishga kelishib olishdi.
sionistlar tomonidan dializ markazlarining vayron qilinishi tufayli buyrak etishmovchiligiga chalingan falastinliklarning 41 foizi halok boʻlgan. Gʻazodagi Falastin rasmiylari isroil armiyasining Gʻazodagi sogʻliqni saqlash markazlari va infratuzilmalarini ataylab nishonga olayotganini tez-tez taъkidlashmoqda.
Saudiya Arabistonida joriy yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi. Sunъiy intellekt bilan jihozlangan dron baland togʻlarda yoki chekkaroq hududlarda yongʻinni oʻchirish va qutqaruv ishlarini olib borishga moʻljallangan.
Podshoh Muhammad VI 2025 yilda hayvon soʻyish marosimini vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Bu tarixiy qurgʻoqchilik bilan izohlandi va jamoatchilikda norozilik hamda diniy muhokamalarga sabab boʻldi.
Pravoslavlar va musulmonlar oʻrtasidagi dinlararo nikohlar juftliklar bir-birining diniy his-tuygʻularini hurmat qilgan taqdirda joizdir. Bu haqda Maxachqala va Groznyy eparxiyalari kotibi, Rossiya pravoslav cherkovi ieromonaxi Ioann (Anisimov) «Ridus» nashriga bergan intervьyusida aytdi.
Afgʻonistonda ikki yirik energetika inshooti — shamol elektr stantsiyasi va quyosh elektrostantsiyasi qurilishi boshlandi. Taъkidlanishicha, Afgʻoniston “shamol koridori” sifatida katta imkoniyatga ega.
Isroil armiyasining Gʻazo sektorida insonparvarlik yordami olishga urinayotgan falastinliklarga ikki xil nuqtada amalga oshirgan hujumlari oqibatida kamida 31 kishi halok boʻldi, 176 kishi yaralandi.
Yakshanba kuni ukrain dronlari Rossiyadagi bir nechta harbiy aerodromlariga zarbalar berdi. Rossiya bosqini boshlanganidan buyongi eng yirik hujum natijasida 40 dan ortiq samolyot, jumladan A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 uchoqlari shikastlangan.
Haj va Umra ishlari vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Robia maъlum qilishicha, ayni paytda Saudiya Arabistonidagi ziyoratchilar soni 1,07 millionga etgan.
Rossiya pravoslav cherkovi ruhoniysi Kirill Ivanov YouTube kanlaidagi chiqishida muhojirlar pravoslav qizlarni oʻz nikohiga olib, Rossiyani musulmonlashtirib yuborayotganidan nolidi. Uning iddao qilishicha, migrantlar, ayniqsa radikallashganlari bu yoʻl bilan oʻz maqsadlariga erishyapti.