Ayrim ballistik raketalar Kiev va Zaporojьe shaharlariga, fuqarolik infratuzilmasini nishonga olib uchirilgan. Ulardan topilgan parchalar Shimoliy Koreya ishlab chiqarganini, jumladan 2024 yil belgisi tushirilgan Hwasong-11A/B turdagi yangi modellar ekanini tasdiqlagan.
AQSh vositachi sifatida Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish urinishlari doirasida Isroil va HAMASga vaqtincha otashkesim boʻyicha yangi takliflarini taqdim etdi. Avvalroq 70 kunlik tinchlik kelishuviga rozi boʻlgan tomonlar yangi shartlardan norozi ekani maъlum qilinmoqda.
Rossiya Shahed-136 zarba beruvchi dronlari uchun toʻlov sifatida Eron kompaniyasiga umumiy qiymati taxminan 104 million dollar boʻlgan kamida 1,8 tonna oltin quymalari berdi.
AQSh Federal Apellyatsiya sudi prezident Donalьd Tramp joriy etgan import bojlariga nisbatan kuni kecha boshqa sud tomonidan chiqarilgan taqiq qarorini vaqtincha toʻxtatdi. Apellyatsiya jarayoni davomida bojlar kuchda qoladi. Amerika matbuotining yozishicha, ish katta ehtimol bilan Oliy sudgacha etib boradi.
Rossiyada Halol mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tashkil etildi. Qoʻmita tarkibiga qariyb 40 ta tashkilot kiritilgan.
Ayrim tahlilchilarining fikricha, Tramp uchta buyuk davlat deb ataladigan AQSh, Xitoy va Rossiyaning har biri er sharining oʻziga xos qismida hukmronlik qiladigan dunyoni tasavvur qilyapti. Dunyoning bunday qayta boʻlinishi "XIX asr imperatorlik boshqaruvi uslubiga qaytish boʻladi".
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbarining oʻgʻli, hozirgi vaqtda Milliy Majlis raisi lavozimini egallab kelayotgan Rustam Emomali bilan uchrashdi.
Isroilning Gʻazo sektoridagi bosqin va qirgʻinlari 600 kundan buyon toʻxtayotgani yoʻq. Har kuni yuzlab falastinliklar halok boʻlayotgan, jurnalistlar va gumanitar xodimlar nishonga olinayotgan, aholi esa qochqinlik va ochlik girdobida qolayotgan bir paytda, jahon hamjamiyatining sukuti va baъzi davlatlarning jiddiy diplomatik choralari oʻrtasida vaziyat yanada chigallashmoqda. Quyida genotsidning 600-kuni – 28 may holati boʻyicha eng soʻnggi maъlumotlar keltiriladi.
Isroil armiyasi buldozer va piyoda askarlar hamrohligida Livanning Blida shaharchasi tomon ilgariladi. Shuningdek, Livandagi BMT tinchlikparvar kuchlari faoliyatiga ham toʻsqinlik boʻldi. BMT missiyasi bu holatni qonunbuzarlik deb baholadi.
Evropa Ittifoqi (EI) Suriyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanktsiyalar bekor qilinganini rasman bildirdi. Shuningdek, sanktsiyalar roʻyxatidan banklar, iqtisodiyot uchun muhim sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar va ommaviy axborot vositalarini oʻz ichiga olgan 24 tashkilot chiqarildi.