AQSh prezidenti Donalьd Tramp saylanganidan keyin uchinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdan soʻng har ikki etakchi qisqacha bayonotlar berdi.
Britaniya, Frantsiya va Kanada davlat rahbarlari birgalikda bayonot berib, Isroilni Gʻazo sektoridagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishga va insonparvarlik yordamlariga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Aks holda, uch davlat Isroilga qarshi "aniq choralar" koʻrishini bildirdi.
Maъlumotlarga koʻra, qiz voqea sodir boʻlgan kuni qizaloqni oʻrmonga olib kirgan va sumkasidagi bolgʻa bilan uning boshiga uch marta urgan. Jabrlanuvchining jasadi yonida u mashhur seriyali qotilga muhabbati izhor etilgan xatini qoldirgan. U oʻzini "Bitsev manьyagi" sifatida tanilgan Aleksandr Pichushkinning izdoshi deb eъlon qilgan.
Yangi yoʻriqnomaga koʻra, xitoylik davlat amaldorlariga xizmat doirasida kamyob va qimmatbaho taomlar (delikates), sigaret va alkogol mahsulotlarini isteъmol qilish qatъiyan man etildi. Shuningdek, ularning xorijiy xizmat safarlarida katta xarajatlar qilishi, aeroportlarda mehmonlarni tantanali kuzatishi, konferentsiyalarda hashamatli bezaklardan foydalanishi va pullarni ortiqcha sarflashi taqiqlanyapti.
Al Arabiya'ning yozishicha, u bosqinchi isroil avizarbasi oqibatida bir necha kun oldin oʻldirilgan.
Rossiyaga borayotgan xorijliklar 30 iyundan "Gosuslugi RuID" ilovasi orqali QR kod olishlari kerak boʻladi. Buni 3 sutkadan kechiktirmay, favqulodda holatlarda esa kamida etib borishidan 4 soat oldin amalga oshirish zarur.
Soʻnggi 48 soat ichida Hirshabelle shtatida Somali armiyasi va Ash-Shabab jangarilari oʻrtasida kuchli toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Rasmiy bayonotda taъkidlanishicha, mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan va mintaqaga tarqalishga urinayotgan terrorchilik guruhiga qattiq zarba berilgan, natijada 70 nafar jangarining yoʻq qilingani qayd etilgan.
isroil armiyasi Gʻazo sektorida yangi qurolli yurish boshlanganini maъlum qildi. Bu operatsiya «Gideъon aravalari» deb nomlandi. Tungi havo hujumlarida kamida 130 nafar kishi halok boʻlgan. Soʻnggi haftada Isroil zarbalaridan 464 nafar falastinlik halok boʻlgan.
2025 yil oxirigacha mehmonxonalar va sayyohlik obъektlarida halollik talablariga javob beruvchi maxsus davlat standarti ishlab chiqiladi.
Suriya banknotlarini BAA va Germaniyada chop etishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar u 10 yildan oshiq vaqt davomida Rossiya bilan hamkorlik qilib kelgan edi.