Frantsiya hukumati topshirigʻi bilan mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan hisobot Frantsiyadagi baъzi ibodatxona va maktablarni nishon qilib koʻrsatgani, musulmonlarga nisbatan kamsitishni kuchaytirishi mumkinligi bois tanqidlarga sabab boʻldi. Hisobotda Frantsiyadagi 139 ta ibodatxona va davlat koʻmagi toʻxtatilgan qator xususiy maktablar “Musulmon birodarlar harakati bilan bogʻliq” ekani aytilgan. Mamlakat boʻylab tahlil qilingan 21 maktabning 18 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri, 3 tasi esa bilvosita ushbu harakatga aloqador deb baholangan.
AQSh poytaxti Vashingtonda yuz bergan qurolli hujum natijasida Isroilning Vashingtondagi elchixonasida ishlovchi ikki xodim halok boʻlgani maъlum qilindi.
Trampning Yaqin Sharqqa toʻrt kunlik safari davomida 2 trln dollardan ziyod qiymatdagi shartnomalar tuzilgani maъlum qilindi. Safarning tashkil etilishi haqiqatan ham olamshumul boʻldi: Fors koʻrfazining har uch davlati Trampni hayratga solish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi. Biroq keltirilgan raqamlar haqiqiyligidan shubha qilinmoqda.
Polьsha prokuraturasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd tayyorlashda Rossiya razvedka xizmatlariga yordamlashgan erkakka rasmiy ayblov qoʻydi. Maъlum qilinishicha, Pavel K. deb tanilgan shaxs 2024 yil aprelь oyida Polьsha va Ukraina maxsus xizmatlarining qoʻshma amaliyoti natijasida qoʻlga olingan. Ayni paytda unga 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Jazoirning janubi-gʻarbidagi Oran shahrida maktab bitiruvchilari uchun tarix va geografiya fanlaridan sinov imtihonining matni bilan bogʻliq janjal kelib chiqdi. Mahalliy “Al-Xabar” gazetasining yozishicha, imtihon jarayonida “isroil davlatini yaratish” atamasi qoʻllanilgan, bu esa jamoatchilik va rasmiylar tomonidan keskin tanqidga sabab boʻlgan.
Bryusselda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Evropa Ittifoqiga aъzo davlatlar Suriyaga nisbatan joriy qilingan barcha iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishga kelishib oldi. Biroq Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad rejimiga doir cheklovlar oʻz kuchida qoladi.
Britaniya hukumati Gʻazodagi qon toʻkilish va Isroilning uzluksiz harbiy amaliyotlari ortidan Telь-Aviv bilan yangi savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarni vaqtincha toʻxtatganini maъlum qildi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi maъlum qilishicha, hozirgacha mamlakatga quruqlik, havo va dengiz orqali 600 mingdan ortiq ziyoratchi borgan. Bu Haj mavsumi uchun taqdim etiladigan umumiy vizalarning 42 foizini tashkil etib, xorijiy ziyoratchilar oqimi tezlashib borayotganini koʻrsatadi.
Unga koʻra, urush 591 kundan beri davom etayotganiga qaramay, HAMAS hanuzgacha Gʻazoni nazorat qilmoqda. Ayni paytda mamlakatni amaldagi hukumatdan qutqarish hayotiy zaruratga aylangan. Galant hukumatni aniq strategiyaga ega boʻlmaslikda ayblagan.
Isroil hukumati Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlar chogʻida jarohat olib, tanasining bir qismi – qoʻl, oyoq yoki boshqa aъzolaridan ayrilgan askarlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga Tailandda bir haftalik toʻliq qoplangan taъtil sovgʻa qilindi.