Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singh, Janubiy Kashmirdagi terror hujumiga javoban Pokistonga qarshi boshlangan «Sindur operatsiyasi» haqida gapirib, «Bu hali yakunlanmadi. Bu faqat treyler edi», dedi.
Isroil armiyasi reja doirasida Gʻazo sektoriga qarshi hujumlarini kuchaytirish hamda shimoliy hududlardagi falastinliklarni kuchli bombardimon ostida janubga koʻchishga majburlashni rejalashtirmoqda. Aholisini koʻchirishga majbur qilgan hududlarga quruqlikdan hujum uyushtirishni koʻzlayotgan Isroil armiyasi egallagan nuqtalardan chekinishni rejalashtirmayapti va bu hududlarda ishgʻolni doimiy saqlab qolishni maqsad qilmoqda.
2025 yil 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralari boʻlib oʻtdi. Bu uchrashuv 2022 yildan beri ikki davlat oʻrtasidagi ilk yuzma-yuz muzokaralar sifatida qayd etildi. Ammo muzokaralar ikki soatga ham etmay tugagan boʻlib sezilarli natija qayd etilmadi.
Ukraina zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga tayyor, faqat Rossiya ham tinchlik shartlariga amal qilishi kerak.
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati keyingi 10 yil davomida Amerika Qoʻshma Shtatlariga 1,4 trillion dollar miqdorida investitsiya kiritilishini maъlum qildi. Soʻnggi kunlarda faqat arab dunyosi hisobidan AQSh iqtisodiyotiga 3,1 trillionn dollardan ortiq sarmoya kirishi eъlon qilindi.
BMT bosh kotibi oʻrinbosari va Yaqin Sharq, Osiyo hamda Tinch okeani mintaqalari boʻyicha masъul rahbar Xaled Xiarining maъlum qilishicha, 2024 yilining oʻzida qurolli toʻqnashuvlar yuz bergan hududlarda 56 ming kishi bedarak yoʻqolgan. Uning taъkidlashicha, “2023 yil oktyabridan beri Isroil rasmiylari tomonidan hibsga olingan minglab falastinliklar hamon bedarak ekani” jiddiy tashvish uygʻotmoqda.
Yangi reja isroil* va AQSh hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, uni amalga oshirishda odatdagidek BMT ishtirokidan emas, balki xususiy kompaniyalar yordamidan foydalaniladi. Jarayonga AQShdagi UG Solutions va Safe Reach Solutions kompaniyalari jalb etiladi.
Donalьd Tramp Yaqin Sharq turnesi doirasida Qatarga tashrif buyurib, bir necha milliard dollarlik kelishuvlar va hamkorlik deklaratsiyasini imzoladi. Uning oilaviy kompaniyasi Qatar va BAAda golьf maydonlari hamda mehmonxonalar qurishni rejalashtirmoqda
Yaponiya musulmon jamoasi soʻnggi yillarda oʻsishda davom etmoqda. Biroq musulmon aholi soni oshib borishi bilan musulmonlar dafn masalasida jiddiy toʻsiqlarga duch kelmoqda. Muammo shundaki, Yaponiyadagi qabristonlarning 99,9 foizi faqat krematsiyani (jasadni yoqish – Azon Global) amalga oshiradi – bu esa islomda qatъiyan taqiqlangan amaliyot hisoblanadi.
Reyter agentligi xabariga koʻra, AQSh prezidenti Donalьd Tramp Istanbulda oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ishtirok etmasligini maъlum qilgan. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu muzokaralarda qatnashmasligini avvalroq eъlon qilgan edi. Muzokaralarda kimlar ishtirok etmoqda?