Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon imzolagan qonun bilan ijtimoiy tarmoqlarda postlarga “layk” va boshqa belgilarni qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi.
AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasida qiymati taxminan 142 milliard dollar boʻlgan “tarixdagi eng yirik qurol-yarogʻ sotuvi boʻyicha shartnoma” imzolangani xabar qilindi. Shuningdek, Google, Oracle, Jacobs, Boeeing va boshqa shirkatlar bilan ham kelishuvlarga erishildi.
Misrda xorijliklar, jumoadan oʻqish maqsadida kelganlarni tekshirish kuchaytirildi. Jumladan, migratsiya qoidalarini buzganlikda gumonlanib, besh nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushlangan. Keyinroq ulardan biri qoʻyib yuborilgan.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan AQSh–Saudiya qoʻshma investitsiya forumida Suriyaga qarshi sanktsiyalar bekor qilinishini eъlon qildi. Tramp nutqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan telefon orqali suhbatini eslab, u ham bu borada iltimos bildirganini aytdi. “Yaqin Sharqdagi boshqa obroʻli doʻstlarim ham shunday iltimos qildi. Suriyaga qoʻyilgan sanktsiyalarni bekor qilamiz”, dedi u.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp 2025 yil 13 may kuni Yaqin Sharq boʻylab safarini Saudiya Arabistonidan boshladi. U erda u valiyahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan tantanali kutib olindi. Safarning bosh maqsadi – ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va strategik hamkorlikni kengaytirishdir
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokiston bilan soʻnggi toʻrt kunlik harbiy toʻqnashuvlardan soʻng xalaqqa murojaat bilan chiqdi. U Pokiston tomonidan Hindistonga qarshi biror harakat sodir etilsa keskin javob qaytarilishini taъkidlagan.
AQSh prezidenti Donald Trampning maъlum qilishicha,
Gʻazoda asirda boʻlgan soʻnggi tirik Amerika fuqarosi deb hisoblangan 21 yoshli Aleksandr janubdagi Xon Yunis shahrida Qizil Xoch rasmiylariga topshirilgan.
Liviya Ichki ishlar vazirligi barcha fuqarolarni uylarida qolish va xavfsizliklari uchun koʻchalarga chiqmaslikka chaqirdi. Tripolidagi Mitiga xalqaro aeroportidagi reyslar vaqtincha Misrata aeroportiga yoʻnaltirildi, maktablar va universitetlar faoliyati toʻxtatildi.
Oldinroq, Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida mamlakatdagi 487 ta aeroportdan 32 tasini yopgan edi. Mamlakatlar oʻrtasidagi kelishuvdan soʻng, ushbu aeroportlarning barchasi oʻz faoliyatini qayta boshlagan.