Ijtimoiy tarmoqlarda Dogʻiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan Xoʻjalik ishlari universiteti (DGUH) rektoriga yuborilgan rasmiy xat keng muhokamalarga sabab boʻldi. Xatda talabalar va ularning diniy faolligi haqidagi maъlumotlar taqdim etilishi soʻralgan.
Ukraina prezidenti Qrim maqomini muhokama qilish ehtimolini qatъiyan rad etdi va yarimorol Ukrainaga tegishli ekanini taъkidladi. “Bu — bizning hududimiz, Ukraina xalqining erlari. Bu borada gaplashishga oʻrin yoʻq — bu masala bizning Konstitutsiyamiz doirasidan tashqarida”, dedi Zelenskiy.
Hindiston shimolida joylashgan Jammu va Kashmir mintaqasida roʻy bergan terrorchilik hujumi oqibatida kamida 27 kishi halok boʻlgan va yana 12 kishi tan jarohati olgan. Aytilishicha, “Lashkar-i-Tayba” terroristik guruhiga aloqador ikki yoki uch nafar qurollangan shaxs Bayasaran vodiysida sayohat qilayotgan turistlarga hujum qilgan.
Maъlum qilinishicha, may oyida Qozonda oʻtkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi” forumida Afgʻoniston delegatsiyasi ham tashrif buyuradi. Unda muhokama qilinadigan loyihalar orqali Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻoniston hududi orqali Fors koʻrfazi va Hind okeani portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega boʻladi.
isroil* Moliya vaziri va oʻta oʻng qanotdagi “Diniy sionizm” partiyasi etakchisi Betsalel Smotrich, Gʻazo hududidagi isroillik asirlarni ozod etish hukumat uchun ustuvor vazifa emasligini ochiq eъlon qildi.
Tramp maъmutiyati ayni paytda oʻziga yangi mudofaa vazirini izlashni boshlagan. Xabarlarga koʻra, (diniy nizolar qoʻzgʻashga usta) amaldagi vazir Pit Hegsetning ishdan boʻshatilishiga uning atrofida boʻlayotgan turli mojarolar va siyosiy ziddiyatlar sabab qilib koʻrsatilgan.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar "Haj va Umra yagona portali" hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqadi. Bu prezidentning diniy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir farmonida koʻzda tutilgan.
Ryazan viloyatining Kasimov shahrida nomaъlum shaxslar musulmon qabristoniga hujum qilib, bir nechta yodgorliklarni vayron qildi.
1993 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli Qurъon musobaqalaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda ushbu Qurъon musobaqasida 40 mamlakatdan 44 nafar ishtirokchi qatnashyapti.
Xitoyning Qobuldagi elchisi Chjao Sin Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumatini Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Taklif TIV moliya va boshqaruv boʻyicha oʻrinbosari Muhammad Nayim bilan uchrashuv chogʻida bildirilgan.