Rossiya Oliy sudi “Tolibon” harakatining mamlakatdagi faoliyatiga qoʻyilgan taqiqni vaqtincha bekor qilgandan soʻng, Rossiya va Afgʻoniston oʻrtasida iqtisodiy aloqalar faollasha boshladi. Maъlumotlarga koʻra, Tolibon vakillari Rossiyaga anor, mayiz, sharbat va qoʻlda toʻqilgan gilamlarni etkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda.
Butunjahon huquqshunoslar uyushmasi (WOLAS) Oʻzbekiston fuqarolarini Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da qatl etilishdan saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Liviya muftiysi Sodiq al-Gʻiryoniy musulmonlarni dam olish uchun arab davlatlariga kelayotgan isroilliklarni, qaerda uchratmasin jazolashga chaqirdi. Uning taъkidlashicha, Islom mamlakatlari — Misr, Marokash, BAA yahudiylarning Fisih bayrami davomida, sionistlarni qabul qilishda davom etmoqda.
Rossiyaning Stavropol oʻlkasida jamoat joylarida namoz oʻqilgani uchun 300 ming rublgacha (3700 dollar) jarima belgilandi. Mahalliy nashrlarga koʻra, jamoat joylarida namoz oʻqilishi - ruxsat etilmagan ommaviy tadbir deb baholandi.
“Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi. Shundan soʻng, har ikki davlat AQSh bilan yirik savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyib, katta daromad topa oladi” — Donald Tramp.
Xitoy olimlari aytishicha, vazni atigi ikki kilogramm boʻlgan yadrosiz qurilma portlashi natijasida harorati 1000 daraja tselsiydan yuqori boʻlgan olov shari hosil boʻlib, u ikki soniyadan ortiq vaqt davomida saqlanib turgan.
Bangladeshda Falastinni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli namoyishlar fonida, mamlakat hukumati pasportlarga isroil*ga sayohatni amalda taqiqlovchi bandni qayta kiritdi.
Checheniston rahbari Stavropolning Andropov tumanida jamoat joylarida namoz oʻqishni taqiqlovchi va ushbu qoidani buzganlarga jarima solinishini nazarda tutuvchi tashabbusni keskin tanqid qilib, Rossiyadagi 30 million musulmonning qolganlar bilan teng huquqli ekanini taъkidladi.
Ikki qoʻlidan ayrilgan falastinlik bolaning rasmi 2024 yilning eng yaxshi surati deb topildi. “World Press Photo” xabariga koʻra, ushbu rasm falastinlik fotograf Samar Abu al-Uf tomonidan suratga olingan.
Avstriya poytaxtidagi maktablarda musulmon bolalar soni ilk bor nasroniylardan oʻzib ketdi. Maъlumotlarga koʻra, oʻquvchilarning 41,2 foizi musulmonlarning farzandlaridir. Qayd etilishicha, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 39,4 foiz boʻlgan — bu esa son jihatidan barqaror oʻsish borligini koʻrsatadi.