Hindistonning Gujarat shtatidagi poezdda Qurъon tilovat qilayotgan masjid imomi “pokistonlik” deb ayblanib, uch kishi – ikki erkak va bir ayol tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklandi. U bu vaqtda oʻzi rahbarlik qilayotgan madrasa uchun xayriya yigʻish maqsadida Ankleshvar shahriga ketayotgan boʻlgan.
Barnard kollejining bir qator professorlari AQShning Teng huquqli bandlik imkoniyatlari boʻyicha komissiyasi (EEOC) nomidan yuborilgan shaxsiy xabarnomalarda “Siz yahudiymisiz?” mazmunidagi savollarni olganini maъlum qildi. Ular bu jarayonni antisemitizmga qarshi kurash emas, balki yahudiylarni tanqid qilayotgan ovozlarni bostirish harakati sifatida baholashmoqda.
Isroil armiyasi Gʻazoda bolalarni poliomielitga qarshi ommaviy emlashni toʻxtatdi. 600 mingdan ortiq bolaga moʻljallangan emlash kampaniyasi mart oyidan beri davom etayotgan Isroilning umumiy blokadasi tufayli oʻtkazilmayapti.
Maъlumotlarga koʻra, zarbalar ayniqsa Saadaning Sahlayn tumanidagi Al-Salim aholi punkti hududini nishonga olgan. Ayni vaqtda hujumlar oqibatida halok boʻlganlar va jarohat olganlar soni haqida maъlumot berilmagan.
Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi ziddiyat yana-da keskinlashmoqda. Dehli 1960 yilda Jahon banki vositachiligida imzolangan Hind daryosi suvlaridan foydalanish boʻyicha bitimni nomaъlum muddatga toʻxtatib qoʻydi. Bu daryo Pokistonning millionlab aholisi uchun asosiy ichimlik va sugʻorish manbai hisoblanadi.
Falastin rahbari HAMAS etakchilariga bevosita murojaat qilib, “Ey itlarning bolalari, asirlarni qoʻyib yuboring, xalqimizni qutqaring va isroilga hech qanday bahona topishga imkon bermang”, deya haqorat qildi. Harakat vakillari bu bayonotga tezda javob qaytarib, uning chiqishini “Falastin xalqining qonuniy rahbarligini soʻroq ostiga qoʻyuvchi” harakat deb atagan.
Rossiyaning rad javobiga qaramay, Damashq Moskva bilan aloqalarni uzmoqchi emas. Suriya etakchisining aytishicha, mamlakat armiyasining aksariyat qurollari Rossiyada ishlab chiqarilgan va Kremlь bilan oziq-ovqat hamda energiya taъminoti borasida hamkorlik kelishuvlari mavjud.
Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat xizmati bergan rasmiy maъlumotga koʻra, Rossiya tomonidan Kievga yoʻnaltirilgan raketa va dronlar bilan amalga oshirilgan tungi hujum natijasida, 63 nafar fuqaro jarohat olgan, 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ularning orasida oltita bola ham bor.
Yaponiyaning Vaseda universiteti faxriy professori Xirofumi Tanadaning tadqiqotiga koʻra, 2023 yil oxiriga kelib, mamlakatda 350 000 ga yaqin musulmon yapon fuqarolari istiqomat qilgan. Uning aytishicha, bu koʻrsatkich 2005 yilga nisbatan uch baravardan koʻproqni tashkil etgan. Oʻshanda musulmonlar soni atigi 100 000 nafar edi.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida maъlumot yoʻq. Rasmiy xabarlarga koʻra, birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da, ikkinchi zilzila esa, soat 12:49 da qayd etilgan.