Buyuk Britaniya razvedkasi Ukraina urushida Rossiya harbiylarining ulkan yoʻqotishlariga oid soʻnggi maъlumotlarni eъlon qildi. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta yoʻqotish hisoblanishi qayd etilgan.
Soʻnggi bir necha oylik tanaffusdan soʻng, HAMAS qurolli qanoti Tel-Avivga raketa hujumini amalga oshirdi. Bu hujum Isroilning Gʻazo sektoridagi tinch aholiga qarshi olib borgan harbiy operatsiyalariga javob sifatida tashkil etilgani aytilmoqda.
Frantsiya parlamentida sport tadbirlarida diniy ramzlar, jumladan, musulmon ayollarining hijob oʻrashiga cheklov qoʻyuvchi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Bu qaror jamiyatda katta munozaralarga sabab boʻlib, inson huquqlari faollari va musulmonlar jamoasi vakillari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Eron AQSh prezidenti Donald Trampning Oyatulloh Ali Xomaneiyga yoʻllagan maktubiga tez orada rasmiy javob berishi kutilmoqda. Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiyning maъlum qilishicha, Tehron bosim va tahdidlar ostida muzokaralar olib bormaydi.
Kecha tunda AQShning Yamanning bir nechta viloyatlariga, jumladan, poytaxt Sano shahriga uyushtirgan havo hujumlari natijasida bir necha kishi, jumladan, etti ayol va ikki bola halok boʻldi. Shiddatli bombardimonlarga qaramay, Husiylar Isroil va AQSh kemalarini Qizil dengizda taъqib qilishda davom etishlarini maъlum qilishdi.
Maariv nashriga koʻra, isroil HAMASga bosim oʻtkazish maqsadida Gʻazodagi harbiy amaliyotlarni kuchaytirishga qaror qildi. Yaqin kunlarda yangi hujumlar quruqlikdan amalga oshirilishi mumkin. Agar isroil armiyasi Gʻazoga kirsa, u erda uzoq vaqt qolishi ehtimoli bor.
Pavel Durovyning aytishicha, Tealgram dunyodagi eng ommaviy platformalardan biriga aylandi. Ayni paytda uning milliarddan ortiq foydalanuvchisi bor. Telegram Premium obunachilari ham keskin oshib, hozirda foydalanuvchilar soni 12 milliondan oshdi. Kompaniya esa 2024 yilda ilk bor daromadga kirdi.
Donald Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiyga keskin maktub yoʻllab, yangi yadro bitimi boʻyicha muzokaralar uchun ikki oy muhlat berdi. Agar Eron muzokaralardan bosh tortsa, ogʻir oqibatlarga duch kelishi mumkinligi aytilgan. Vashington va Isroil yadro obъektlariga harbiy zarba berish ehtimolini koʻrib chiqmoqda. Xomanaiy esa muzokaralar taklifini “aldov” deb baholadi.
Evropaning yirik sanoat gigantlari ommaviy ishdan boʻshatishlarni boshladi. Siemens 6000 xodimni qisqartirishni rejalashtirsa, Audi 2029 yilgacha 7500 ish oʻrnini yoʻqotishi mumkin. Germaniya sanoati inqiroz ostonasidami?
Xitoyda tugʻilish darajasi pasaymoqda. Hukumat esa aholining qisqarishiga qarshi yangi choralar koʻrishni boshladi. Endi farzandli boʻlgan oilalarga katta miqdorda pul mukofotlari toʻlab beriladi. Bu tashabbus Xitoyning demografik inqirozini hal qila oladimi?