“Bir qator ommaviy axborot vositalarida Misr goʻyoki Gʻazo sektorining 500 000 nafar aholisini Sinay shimoliga joylashtirishga tayyor ekani haqida xabar tarqaldi. Biz bu maъlumotni qatъiyan rad etamiz”, Misr davlat axborot xizmati
Soʻnggi haftalarda bosqinchi isroil armiyasi, Tulkarm va Tubasga, jumladan, u erdagi qochqinlar lagerlariga hujum qilib, oʻnlab tinch aholini shahid qildi. Rasmiy maъlumotlar 40 mingdan ortiq falastinlik majburiy ravishda oʻz uylarini tark etganini, qochqinlar lagerlarining infratuzilmasi esa jiddiy zarar koʻrganini tasdiqlamoqda
Vashington maxsus viza dasturi asosida kelgan migrantlarning huquqiy maqomini qayta koʻrib chiqmoqda. Yakuniy qaror 25 mart kuni eъlon qilinishi kutilmoqda. Ushbu qaror 532 ming migratga taъsir koʻrsatishi mumkin.
Hindistonlik mashhur islom ulamosi doktor Zakir Nayk yaqinda Afgʻoniston Islom Amirligi razvedka boshligʻi Mulla Abdul Haq Vosiq bilan uchrashdi. Bu haqda "Hurriyat" nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Harbiy Sanoat Boshqarmasi maъlumotiga koʻra, mamlakatning 2024 yildagi harbiy xarajatlari 75,8 milliard dollarga etdi. Bu qirollikni dunyodagi eng yirik harbiy byudjetga ega beshinchi davlatga aylantirdi.
Rossiya prezidenti migrantlarga patentsiz ishlash imkonini beruvchi farmonni imzoladi. Yangi tartibga koʻra, chet elliklar daktiloskopiya va tibbiy koʻrikdan oʻtgach, rasman mehnat qilish huquqiga ega boʻladi.
AQSh va Evropada Tesla elektromobillari va infratuzilmasiga hujumlar uyushtirilmoqda. Frantsiyada 12 ta mashina yoʻq qilindi, AQShda esa “Supercharger” markazi yoqib yuborildi. Shu bilan birga, Tesla egalari haqidagi shaxsiy maъlumotlar oshkor qilindi. Bu kompaniya savdosiga jiddiy taъsir koʻrsatib, aktsiyalar qiymatining pasayishiga olib kelmoqda.
Karakas AQSh deportatsiya qilishni rejalashtirayotgan venesuelalik muhojirlarni qabul qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrganini maъlum qildi. Biroq, Vashington jarayonga sunъiy toʻsiqlar yaratyapti. Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges AQShni charter repatriatsiya reyslarini bloklashda aybladi.
Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida 55 yoshli musulmon Muhammad Sharif radikal hinduiylar guruhi tomonidan oʻldirib ketildi. Ular Sharifni “Holi” hindu bayramini nishonlashda ishtirok etishdan bosh tortgani uchun ayovsiz kaltaklashgan. Qotillik Ramazon oyi arafasida, Sharif bozorga xarid qilish uchun yoʻl olgan paytda sodir boʻlgan. Marhumning kuyovi Muhammad Minajaning soʻzlariga koʻra, avvaliga bir guruh bolalar Sharifni boʻyoq bilan boʻyashga uringan, lekin u bunga rozi boʻlmagan. Koʻp oʻtmay kattalar aralashib, uni doʻpposlashni boshlagan. Jabrlanuvchining oilasi toʻrtta hinduistga qarshi ariza topshirgan, biroq politsiya voqeani yurak xuruji sifatida koʻrsatishga harakat qilmoqda.
Oq uy rahbarining taъkidlashicha, departament samarasiz boʻlib, milliardlab dollarlik sarmoya kutilgan natija bermagan. Endi taъlim siyosati shtatlar va mahalliy hukumatlar ixtiyoriga topshiriladi.