Kecha, 6 mart kuni, Suriyaning Latakiya, Xoms, Halab va Jabla shaharlarida davlat xavfsizlik kuchlari va sobiq rejim tarafdorlari oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Bir kecha ichida Suriya xavfsizlik kuchlaridan kamida 30 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilmoqda. Isyonga shialar ham aralashib, jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Odatda men birinchi boradigan joy bu Buyuk Britaniya edi. Oxirgi marta Saudiya Arabistonida boʻlganimda, arablar bizga 450 milliard dollar berishdi. Bu safar men ularga birinchi tashrifim Saudiyaga boʻlishini, biroq buning evaziga Amerika kompaniyalaridan 1 trillion dollarlik mahsulot sotib olishlari kerakligini aytdim. Ular bunga rozi boʻlishdi, degan Tramp.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat mudofaa armiyasining yangi qoʻmondoni etib general-leytenant Eyal Zamirni tayinladi. U oʻz lavozimiga kirishishi bilanoq, 2025 yil faol harbiy harakatlar yili boʻlishini va Hamas ustidan toʻliq gʻalaba qozonish maqsad qilib qoʻyilganini taъkidladi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp HAMASdan isroillik asirlarni ozod qilishni talab qildi va aks holda ogʻir oqibatlar haqida ogohlantirdi. U shuningdek, Gʻazo aholisiga ham tahdid qilib, garovdagilar ozod etilmasa, jazo boʻlishini bildirdi.
Bosh Assambleyada har bir aъzo bitta ovozga ega, ammo bu kam ahamiyatga ega. Aynan veto huquqiga ega besh doimiy aъzosi boʻlgan 15 aъzodan iborat Xavfsizlik kengashi barcha masalalarni hal qiladi. Nima uchun besh aъzo butun dunyo uchun qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlishi kerakligi hech qachon tushuntirilgan emas, hatto asoslanmagan ham.
Afgʻonistonlik sobiq diplomat mulla Abdussalom Zaifning taъkidlashicha, Zelenskiy Evropa va Amerika manfaatlari uchun oʻz mamlakatini qurbon qilgan va xalqini ikkiyuzlamachilarning qoʻliga qaratib qoʻydi.
Biz arab davlatlarini dushmanga qarshi turishga, Falastinni qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz, degan Falastinlik vatanparvarlar.
Misrda Falastin hukumati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan Gʻazoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi.
Ramazon oyining ikkinchi kunida "Torxam" nazorat-oʻtkazish punktida Afgʻoniston va Pokiston chegarachilari oʻrtasida otishma sodir boʻldi. Toʻqnashuvlarda bir afgʻon chegarachisi halok boʻldi, ikki pokistonlik yaralandi.
Talaba qizlardan 54 nafari Qurъonni yod olgan boʻlsa, 86 nafari Oliy islomshunoslik boʻlimining tarjima va tafsir yoʻnalishini bitirgan, qolganlari esa Qurъon va qiroat yoʻnalishini tamomlagan.