Suriya prezidenti Ahmad Ash-Sharъ Suriya demokratik kuchlari qoʻmondoni Mazlum Abdi bilan kelishuvga erishilganini maъlum qildi. Bu kelishuvning maqsadi kurd hududlarini Suriya davlat tarkibiga integratsiya qilishdan iborat.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
50 dan ortiq ravvin AQSh prezidenti Donalьd Trampga Ibrohim kelishuvlarini kengaytirish hamda unga turkiy davlatlar – Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekistonni ham qoʻshish boʻyicha rasmiy murojaat bilan chiqdi. Ularning fikricha, bu qadam Isroil va musulmon davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Isroil energetika vaziri Eli Koen "barcha garovga olinganlar qaytib kelishi uchun oʻzimizda mavjud barcha vositalarni ishga solish" maqsadida Gʻazo sektoriga elektr energiyasi etkazib berishni zudlik bilan toʻxtatishni buyurdi.
AQSh hukumati Kolumbiya universitetiga ajratilgan 400 million dollarlik federal grant va shartnomalarni bekor qildi. Mazkur qaror taъlim muassasasi hududida Falastin tarafdorlari namoyishlari va Isroilning Gʻazodagi harakatlariga qarshi talabalarning norozilik aktsiyalari bilan bogʻliq. Hukumat universitetni antisemitizmga qarshi kurashda etarli choralar koʻrmayotganlikda ayblamoqda.
Afgʻoniston Irshod, haj va vaqf ishlari vazirligiga koʻra, 2024-yilda 30 ming afgʻonistonlik haj safariga borishi rejalashtirilgan. Bir nafar hoji uchun xarajat 282 090 afgʻoni (taxminan 3900 dollar) etib belgilangan.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tramp Fox Business Network telekanaliga bergan intervьyusida Eronning oliy rahbari Ali Xomenayiga muzokaralar oʻtkazish taklifi bilan xat yuborganini aytdi. Oʻz navbatida, Eron xat etib kelmaganini maъlum qildi.
Suriyaning Latakiya va Tartus viloyatlarida xavfsizlik kuchlariga hujum uyushtirilganidan soʻng, Bashar Asad rejimining sobiq harbiylarini qidirish va tozalash amaliyotlari kengaymoqda. Ikki kundan beri davom etayotgan toʻqnashuvlarda kamida 50 kishi halok boʻldi.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan asosiy voqealar.