Oʻtgan hafta oxirida ozod etilgan isroillik asir Aleksandr Turbanovning oʻzini asirlikda tutgan HAMASga murojaati dunyoni larzaga soldi. Uni toʻligʻicha eъtiboringizga havola etamiz.
Hamas Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va asir almashish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida 4 nafar isroillik askarning jasadini Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga topshirdi. HAMAS Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va asir almashish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida 4 nafar isroillik askarning jasadini Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga topshirdi.
1991 yilning 26-27 fevralь kunlari AQSh BMT rezolyutsiyasiga koʻra Kuvaytdan chekinayotgan Iroq armiyasi karvonini bombardimon qildi. 10 soat davom etgan qirgʻinbarotdan 10 mingdan ziyod kishi – harbiylar va tinch aholi vakillari halok boʻldi.
Ispaniyadan haj ziyoratini ado etish uchun taxminan 3,5 oydan beri otda sayohat qilayotgan andaluslik uch musulmon – Abdulla Ernandes, Abdelkader Harkassi va Tariq Rodriges Istanbulga etib keldi. Ziyoratchilar 8 ming kilometrlik yoʻl davomida Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina, Chernogoriya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya va Turkiyadan oʻtib, Suriya orqali Saudiya Arabistoniga etib borishni maqsad qilgan.
Rossiya va AQSh oʻrtasidagi muzokaralarning yangi raundi Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Rossiya tomonining qayd etishicha,
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Chorshanba kuni Kuala-Lumpur sudi isroillikni qurol saqlash va kontrabandada ayblanib, etti yilga ozodlikdan mahrum qildi. U Malayziyaga Frantsiya pasporti bilpn kirgan, lekin qoʻlga olinganida Isroil pasportini koʻrsatgan.
HAMASning maъlum qilishicha, Isroilning insonparvarlik yordamlarini kiritmaslik siyosati sababli Gʻazo sektorida olti chaqaloq sovuqdan halok boʻldi. Isroil 2 milliondan ortiq falastinlik uchun moʻljallangan insonparvarlik yordami va uy-joy taъminotini toʻsib qoʻygan.
Rivojlangan mamlakatlarning qarzi oʻtgan yili 214,3 trillion dollarni tashkil qilgan. Shvetsiya, Nigeriya, Xitoy, Isroil va Saudiya Arabistoni moliyaviy sektordan tashqari qarz nisbatlarining eng tez oʻsishini kuzatgan boʻlsa, Argentina, Turkiya, Niderlandiya, Gretsiya va Irlandiyada ularning keskin pasayganligi kuzatildi.
Isroil 2023 yil 7 oktyabrь voqealariga oid rasmiy bayonotni shubha ostiga olishni jinoiylashtiruvchi yangi qonunni qabul qildi. Qarshiliksiz oʻtgan bu qonun, 7 oktyabrь hujumini inkor etadigan, Xolokostni shubha ostiga oladigan yoki Isroil xavfsizlik xodimlarini xalqaro sudlarda harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortishni qoʻllab-quvvatlaydigan shaxslar yoki tashkilotlarga mansub isroillik boʻlmagan fuqarolarga mamlakatga kirish yoki yashashni taqiqlaydi.