Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Slovakiya oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Samarqandning Registon maydonida joylashgan "Tillakori" madrasasini restavratsiya qilishga ruxsat berilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan "Soʻfi Olloyor" masjidida taъmirlash-tiklash ishlari loyihasi ham maъqullangan.
Shavkat Mirziyoev vatandoshlarimizni, shu jumladan, hozirda xorijiy davlatlarda boʻlib turgan vatandoshlarimizni ham ulugʻ ayyom bilan qutlab, ularga sogʻlik-omonlik tiladi.
Oʻzbekiston Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Afgʻoniston aholisiga joʻnatgan 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti Balx viloyatiga etkazildi.
2025 yilning yoz mavsumi uchun Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida "Bahri tojik" suv omboridan foydalanish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Qurbon hayiti kunda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metro odatdagidan ikki soat oldin ish boshlaydi. Bundan tashqari, bayram munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 19 yoshli yigit onlayn qimorda katta miqdorda pul yutqazib, oʻzini daraxtga osib oʻldirgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga koʻra, joriy yilning 31 may kuni Yashnobod tumani Istiqlol koʻchasidagi daraxtdan 2006 yilda tugʻilgan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi F.Oʻ. ismli yigitning arqonga osilgan jasadi topilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atambaevni qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, uni sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Atambaev Chuy viloyati Qoʻy-Tosh qishlogʻida er uchastkalarini noqonuniy yoʻl bilan olganlikda, korruptsiyaga yoʻl qoʻyganlikda, shuningdek, 2019 yil da ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybdor deb topilgan.
Toshkentga 361 kg eshak goʻshtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi
Rossiyada Xanti-Mansiysk okrugi dumasi deputati Xolid Tagi-Zade «Sibir – oʻzbeklarning tarixiy vatani» degan bayonoti ortidan Kommunistik partiya safidan chiqarildi.