Qirgʻiziston parlamentida jamoat joylarida niqob yoki burqa kiyish uchun 20 ming som (230 AQSh dollar) miqdorida jarima belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish maqsadida qurolli toʻqnashuvlar tahlilini olib bormoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan harbiy mashgʻulotlar oʻtkazib, unda asosan, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga eʻʻtibor qaratdi.
Qozogʻistonning Aktau shahri yaqinida "Ozarbayjon Havo Yoʻllari" kompaniyasiga tegishli yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Bokudan Grozniyga ketayotgan boʻlgan.
2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston va Qozogʻiston BRIKS tashkiloti bilan hamkorlik maqomini rasman qoʻlga kiritadi. Bu ushbu mamlakatlarga BRIKS tadbirlarida va tashkilotning turli faoliyatlarida hamkor davlat sifatida ishtirok etish imkonini beradi.
Turkiyaning gʻarbida joylashgan Karasi shahrida portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir boʻlgan kuchli portlash oqibatida kamida 12 kishi halok boʻldi, yana 3 kishi jarohat olgan.
Tataristonning Elabuga tumanida chorvachilik fermasida ishchilar yashovchi binoda yongʻin sodir boʻldi. Hodisa 6 kishi, jumladan, 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Yongʻinga elektr isitish jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Qirgʻiziston Xitoyga elektr energiyasini eksport qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabrʻ kunlari oʻtadigan MDH va EOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.
Qozondagi turar-joy binolariga uchuvchisiz samolyot hujumi oqibatida uch kishi jarohat oldi. Qozon va Ijevsk aeroportlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Qozonda ayrim maktablar yopildi, oʻquvchilar evakuatsiya qilindi.