Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 dekabrʻ kuni Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotiga Rossiya havo hududida «fizik va texnik taʻʻsir» boʻlgani sabab yuzaga kelgan holat uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievdan uzr soʻradi.
TÜİK maʻʻlumotlariga koʻra, 2099 yilga kelib Turkiya aholisi 54 million kishigacha qisqaradi. Aholining yarmini 65 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Bu holat mamlakatni tez qariyotgan davlatlar qatoriga qoʻshadi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga jiddiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd ishi boʻyicha Rossiya fuqarolari Bislan Rasaev va Shamil Temirxonovga qidiruv eʻʻlon qilingani haqida xabar berdi.
Tashqi gʻoliblar va magʻlublar kim ekanligidan qatʻʻi nazar, Turkiya yirik gʻoliblardan biri sifatida koʻrilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston yangi magistral temir yoʻli qurilishi boshlanishini amalga oshirish marosimida ishtirokchilarga murojaat qildi. Murojaatda Prezident bu loyiha mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va Markaziy Osiyoning transport infratuzilmasiga katta hissa qoʻshishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʻʻkidladi.
Ozarbayjon havo yoʻllari (AZAL) kuzatuv kengashi Aqtau yaqinida "Embraer 190" samolyotining qulashi oqibatida qurbon boʻlganlar va halok boʻlganlarning oila aʻʻzolari uchun tovon puli miqdorini aniqladi.
Shavkat Mirziyoev EOII yigʻilishida Oʻzbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qoʻllamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yigʻilishini Toshkentda oʻtkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025 yilda EOTBga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.