Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Shuningdek, tomonlar aviaqatnovlar sonini oshirish, 20 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilish, tovar ayiboshlash hajmini bir necha barobarga oshirish va boshqalarga kelishib oldi. Oʻzbek-ozarbayjon biznes forumida umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.