Oʻzbekistonda 2024 yilda respublika boʻyicha roʻyxatga olingan jinoyatlarning umumiy soni 132 ming 298 tani tashkil etgan. Bu esa oʻtgan vaqt davomida har 100 ming aholidan 199 nafari jinoyatchilikda ayblanganini koʻrsatadi.
Afgʻoniston Islom Amirligi bosh vazirning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari mulla Abdul Gʻani Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Xoʻjaev Barodarga oʻzbek sarmoyadorlari Afgʻonistonda neftь va gazni qidirish va qazib olishda hamkorlik qilishga tayyorligini maъlum qilgan.
Ertaga, 20 fevralь kuni Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun koʻrib chiqiladi.
2025 yil 11 fevralь kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida oʻz jazo muddatini oʻtayotgan mahkum Mustafo Tursunboevni ayni damda buzilayotgan binoning devor qismi qulab, bosib qolgan.
AQSh deportatsiyani tezlashtirish va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarning oldini olish uchun Osiyodagi qator davlatlar fuqarolarini Panamaga deport qila boshladi.
Oʻzbekistonda mahkumlarga jazo muddatini qisqartirish uchun yangi imkoniyat yaratilmoqda. Yangi qonun loyihasiga koʻra, 1 ta kitob oʻqib, unga oid imtihondan oʻtgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi.