Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevralʻ kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 4–5 fevralʻ kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada boʻladi. Tashrif davomida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Shuningdek, qoʻshma biznes forumi va boshqa muhim tadbirlar rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) talablari asosida sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarga «Halol» belgisini qoʻyishga ruxsat berildi.
Oʻzbekiston TUSAŞ (Turkiya aerokosmik kompaniyasi) tomonidan ishlab chiqarilgan ANKA uchuvchisiz uchoqlarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. Dronlarni tez orada etkazib berish boshlanishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston prezidentining qarori asosida Oʻzbekiston hayotida faol ishtirok etayotgan, respublikada xayriya (metsenat) faoliyatin olib borayotgan xorijdagi vatandoshlar uchun minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda «Vatandosh» kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat — «Vatandosh» guvohnomasi beriladigan boʻldi. Uning imtiyozlari va shartlari maʻʻlum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoev urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyor ekanini taʻʻkidladi. Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.
Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston va Belarusʻ birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu klubga qoʻshilish yoʻlidagi majburiy bosqich hisoblanadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyada boʻlib oʻtgan “BRIKS plyus” formatidagi sammitda nutq soʻzladi. Davlat rahbari oʻz nutqida Oʻzbekiston BRIKS davlatlari bilan sheriklik aloqalarini faol rivojlantirish niyatida ekanini bildirdi. Shuningdek, Oʻzbekistonning BRIKS bilan bogʻliq rejalari hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham toʻxtaldi.
Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin. Samarqandda boʻlib oʻtgan hududlararo forumda Mangʻistau viloyati hokimi ushbu taklifni ilgari surdi. Shuningdek, Mangʻistau va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan avtomobilʻ yoʻli qurilayotgani maʻʻlum qilindi.