Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Sharʻʻ Rossiya bilan yaqin strategik munosabatlarni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.
2023–2024 yillarda Isroilning Gʻazo va Livan bilan boʻlgan harbiy nizosi mamlakat iqtisodiyoti, demografik vaziyati va siyosiy barqarorligiga jiddiy taʻʻsir koʻrsatdi.
2025 yilning 1 yanvarida Istanbulda Falastin bilan birdamlikni namoyish etish maqsadida katta yurish oʻtkaziladi. “Kecha – Ayasofya, bugun – Umaviylar, ertaga – Aqso” shiori ostida oʻtkaziladigan tadbir bomdod namozidan keyin Galata koʻprigida boshlanishi rejalashtirilgan.
Meysa Sabrin Suriya Markaziy banki raisi etib tayinlandi. Bu tarixiy qaror orqali u mamlakatda ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi.
Umuman olganda, 2024 yil qonli yil boʻldi. Qurolli mojarolar joylashuvi va voqealar maʻʻlumotlari (ACLED) loyihasiga koʻra, dunyo boʻyicha jami 233 000 kishi halok boʻldi, bu oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga koʻpdir. 2019 yildan beri oʻlimga olib keladigan zoʻravonlik harakatlari ikki baravar koʻpaydi va har sakkiz kishidan biri mojarolarga duchor boʻldi. Bular orasida falastinliklar "eng yuqori darajadagi zoʻravonlik"ni boshdan kechirdilar.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreisus Isroil hukumatidan Gʻazo sektoridagi Kamal Advan kasalxonasining bosh shifokorini zudlik bilan ozod qilishni talab qildi.
Afgʻonistonda uylarning derazalarini qoʻshnining uyidagi ayollar koʻrinadigpn qilib qurish taqiqlandi. Agarda uy allaqachon shunday koʻrinishda qurilgan boʻlsa, uy oldiga devor oʻrnatish yoki boshqa yoʻl bilan "qoʻshniga zarar etkazilishining oldini olish" choralari koʻrilishi lozim.
2024 yilda Germaniyaning Berlin va Brandenburg shaharlarida Muhammad ismi oʻgʻil bolalar uchun eng mashhur ism deb topildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 451 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.