Yangi yilning ilk kunlarida AQShning bir qancha shtatlarida IShID tomonidan qoʻporuvchilik harakatlari sodir etildi. "Turkiya gazetasi" muallifi Jem Kyuchuk bu hujumlarni Trampning AQSh qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqish rejasiga qarshi provakatsiya – fitna deb atadi. "Yillik mudofaa xarajatlari 2,5 trillion dollar boʻlgan va juda yaxshi himoyalangan AQShda bunday hujum qanday qilib sodir boʻlishi mumkin? Yoki bu ishni Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon qildirdimi? - deya savol berdi u.
Saudiya Arabistoni 6 nafar Eron fuqarosini giyohvand moddalar savdosi uchun qatl etdi. Oʻlim jazosi Eron elchixonasini ogohlantirmay ijro etilgani uchun Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Eron TIVga chaqirildi.
2024 yilda yahudiy kelgindilarning falastinliklarga nisbatan zoʻravonliklari rekord darajaga etdi. BMT bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi noqonuniy yahudiy aholi punktlari aholisi tomonidan arablarga qarshi 1400 ta hujum hodisasini qayd etdi.
Qatarning oʻnlab aholisi va mehmonlari Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan kontsert va mushakbozlikdan soʻng yuz bergan tiqilinchda jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
AQShning Yangi Orlean shtatida 42 yoshli erkak Yangi yilni nishonlayotgan olomon ustiga mashina haydab, soʻng otishma sodir etdi. Hodisada 15 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohatlandi. Otishma sodir etgan shaxs ham politsiya tomonidan otib oʻldirilgan. Qotilning IShIDga aloqadorligi aytilmoqda.
2023 yil 7 oktyabrda Gʻazo sektorida boshlanib, Livan va Suriyaga yoyilgan Isroil hujumlarini qoʻllab-quvvatlash uchun AQSh maʻʻmuriyati tomonidan 22 mlrd dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy yordam ajratildi.
Moskva Lyublinskiy tuman sudi Tojikiston fuqarosi Yakubov A.R.ni ish joyida namoz oʻqigani uchun 40 ming rubl jarimaga tortdi va uni Rossiya hududidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Sud Yakubovning harakatlarini Rossiya qonunchiligiga zid deb topib, ularni diniy eʻʻtiqodni targʻib qilish va missionerlik faoliyati deb baholadi.