Afgʻonistonda 38 ayolning majburiy nikohlanishi, 40 ayolning oilaviy zoʻravonliklarga duchor boʻlishiga chek qoʻyildi. 24 ayolning esa shariatga muvofiq merosdan ulush olishi taъminlangan.
Saudiya Arabistoni 2026 yildan ayrim turizm va diplomatik zonalarda spirtli ichimliklarni cheklangan tarzda sotishga va isteъmol qilishga ruxsat bermoqchi.
AQSh Adliya vazirligi Vashingtondagi Isroil elchixonasining ikki xodimini oʻldirishda gumonlanayotgan chikagolik Elias Rodrigesga ayblov eъlon qildi: unga oʻlim jazosi berilishi mumkin.
Liviya bosh muftiysi Shayx Sodiq al-Gʻiryoniy arab davlatlarining AQSh prezidenti Donalьd Trampga katta miqdorda pul berganini tanqid qildi. "Milliardlab pullar Trampga shunchaki berib yuborildi. Gʻazoda ochlikdan oʻlayotgan bolalarni qutqarish uchun bir chaqa ham sarflashni istashmadilar", degan muftiy.
Anas shu yilning mart oyida, Ramazon oyida Haj ziyorati uchun yoʻlga chiqqan boʻlib, Germaniya, Avstriya, Bosniya va Gertsegovina kabi 9 mamlakatni bosib oʻtgan. U togʻlar, notekis yoʻllar va turli ob-havo sharoitlarida mashaqqat chekkan boʻlsa-da, maqsadidan qaytmadi.
BMTning Insonparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) operatsiyalar va himoya boʻlimi direktori Edem Vosornuning maъlum qilishicha, Bashar Asad rejimi agʻdarilganidan soʻng mamlakat ichida koʻchib yurgan va qoʻshni davlatlarda boʻlgan 1,5 milliondan ortiq suriyalik oʻz hududlariga qaytgan.
AQShning Boston shahridagi federal sudьya Ellison Berrouz mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan Garvard universitetiga kecha yuborilgan qarorni vaqtincha toʻxtatdi. Avvalroq Tramp maъmuriyati Garvard universitetining xalqaro talabalarni qabul qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqargan edi. Sudьya Berrouz bu qarorni "jarayonga oid qoʻshimcha maъlumot va hujjatlar taqdim etilgunga qadar" toʻxtatishga qaror qildi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning taъkidlashicha, ayni paytda Saudiya huquq tartibot idoralari noqonuniy ravishda Hajga borganlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllay boshlagan. Xususan, noqonuniy yoʻllar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha (27 ming AQSh dollarigacha) moliyaviy jarimalar qoʻllanishiga sabab boʻladi. Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilishdan tashqari keyingi 10 yil davomida uning podshohlikka kirishi taqiqlanadi.
Bosqinchi isroil harbiy va razvedka tuzilmalari agar Tehron–Vashington muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan boʻlsa, Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish uchun tayyorgarlik koʻryapti.