Hindiston va Pokiston oʻrtasida ziddiyat tobora kuchaymoqda. Hindiston harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni, aviatsiya bosh marshali A. P. Singh Pokiston bilan chegarada havo kuchlari toʻliq jangovar tayyorgarlikka keltirilganini maъlum qildi. Bunga javoban, Pokiston rasmiylari ham harbiy tayyorgarlik koʻrayotganini eъlon qildi. Aytilishicha, Pokiston armiyasi Fatah seriyali “er-er” raketasini sinov tariqasida muvaffaqiyatli uchirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, soʻnggi kunlarda Qirgʻiziston chegarasi orqali oʻtayotgan oʻzbekistonliklardan “maxsus ishonchnoma” talab qilinmoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Hindistonning Mussoorie shahrida 20 yildan beri sharf sotib kelgan pokistonlik Shabir Ahmad Dar va uning sherigi hujumga uchradi. Ularni millatchi hindlar omma oldida doʻpposlab, haqorat qilgan. Mahsulotlarini esa talon-taroj qilishgan.
Hindiston Pokiston bilan chegarada joylashgan Chenab daryosidagi Baglihar toʻgʻoni orqali suv oqimini vaqtincha chekladi. PTI axborot agentligi xabariga koʻra, bunday chora Jelam daryosidagi Kishanganga toʻgʻonida ham qoʻllanilishi mumkin.
AQSh Prezidenti Trump oʻzining X sahifasida “halok boʻlayotgan” Gollivudni qutqarish uchun xorijda ishlab chiqarilgan filьmlarga 100 foizlik boj joriy qilishini maъlum qildi.
Eron Mudofaa vazirligi Tehronda oʻtkazilgan rasmiy tadbirda “Qosim Basir” nomli oʻrta masofali yangi ballistik raketasini jamoatchilikka namoyish etdi. Aytilishicha, raketaning uchish masofasi kamida 1200 kilometr boʻlib, u zamonaviy yuqori aniqlikdagi yoʻnaltirish tizimi bilan jihozlangan.
isroil* Bosh vaziri Binyamin Netanyahu rahbarligidagi xavfsizlik kabineti Gʻazo sektorida harbiy hujumlarni bosqichma-bosqich kengaytirish rejalarini tasdiqladi.
Oq uy rahbari mamlakatdagi jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida tarixiy “Alьkatras” qamoqxonasini kengaytirilgan va zamonaviylashtirilgan shaklda qayta ochishni buyurdi. Tramp bunday yondashuv bilan eng xavfli va shafqatsiz jinoyatchilarni jamiyatdan ajratib qoʻyish orqali tartib va xavfsizlikni taъminlashga intilmoqda.
AQSh Ukrainaga isroilda joylashtirilgan va hozirda kapital taъmirdan oʻtkazilayotgan Patriot havo mudofaa tizimini yozgacha etkazib berishni rejalashtirmoqda. Aytilishicha, Kievga qoʻshimcha ravishda, Germaniya yoki Gretsiya orqali yana bir Patriot tizimi etkazilishi mumkin.
Bryusselda boʻlib oʻtgan Evropa ittifoqining Falastin mahbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi konferentsiyasida Falastin mahbuslari uyushmasi raisi Abdulla al-Zagʻariy isroil* qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning ogʻir ahvoli yuzasidan jiddiy bayonot berdi. Uning taъkidlashicha, minglab falastinlik mahbuslar qiynoqlar, shafqatsiz muomala va tibbiy beparvolik sabab halok boʻlmoqda.