Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi “Tolibon”ning mamlakat hududidagi faoliyatiga qoʻyilgan taqiqni toʻxtatdi.
2023 yil 7 oktyabridan buyon Meta kompaniyasi Isroil hukumatidan kelgan kontentni oʻchirish soʻrovlarining 94 foizini bajargan. Maъlum boʻlishicha, Facebook va Instagram’dagi postlar mazmunidan qatъiy nazar bir xil shablon boʻyicha oʻchirilgan.
Yaman tashqi ishlar vaziri Shayъa az-Zindoniy mamlakatning Damashqdagi elchixonasini ochishga tayyorgarlik ishlari yakunlanganini maъlum qildi.
Aytilishicha, birinchi harbiy kolonna oʻn kun avval Dayr az-Zor viloyatidagi “Konoko” harbiy bazasini tark etgan. Shundan keyin esa, ikkinchi yirik kolonna — 200 dan ortiq transport vositalari, jumladan, zirhli texnikalar va havo mudofaasi tizimlari bazani tark etgan.
Maldiv Respublikasi Prezidenti Muhammad Muizzu isroil* fuqarolarining mamlakatga kirishini rasman taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi. Endilikda, isroil* pasportiga ega shaxslar Maldivga kiritilmaydi.
Bolgariya hukumati Ukrainaga ikkita atom reaktorini sotish rejasidan voz kechdi. Mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Atanas Zafirov global miqyosda elektr energiyasi narxlarining ortib borayotgani sababli Bolgariya oʻzining yadroviy energetikasini mustaqil rivojlantirish niyatida ekanligini maъlum qildi.
Angliyaning Uotford shahridagi qabristonda nomaъlum shaxslar 85 ta musulmon bolaga tegishli qabrga shikast etkazdi. Aytilishicha, qabr toshlari jiddiy zarar koʻrgan boʻlib, ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab boʻlgan.
Rossiya oʻz armiyasini qurol-aslaha va tenik uskunalar bilan taъminlashda Shimoliy Koreyadan (KXDR) katta miqdorda harbiy yordam olmoqda.
Xitoyda 7 yoshli bolaga sunъiy yurak muvaffaqiyatli oʻrnatildi. Operatsiya shu oyning dastlabki kunlarida boʻlib oʻtgan va taxminan 5 soat davom etgan. Aytilishicha, jarrohlar bolaga ogʻirligi 45 gramm, diametri esa atigi 2,9 santimetr boʻlgan sunъiy yurakni implantatsiya qilishgan.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Gʻazo sektoridagi tinch aholining azob-uqubatlari darhol toʻxtatilishi lozimligini taъkidladi. Bu haqda u isroil bosh vaziri Netanyaxu bilan telefon orqali muloqotida aytib oʻtdi.