Litva Bosh vaziri Gintautas Palutskas mamlakat migratsiya siyosatini qayta koʻrib chiqishini maъlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ayrim mamlakatlardan kelganlar radikallashuvga moyil. Shu bois kelgusida Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar soni qisqarishi mumkin.
Tailand shu yilning fevralida Myanma chegarasidagi firibgarlik call-markazlaridan ozod etilgan 30 dan ortiq davlat fuqarolarini vataniga qaytardi. Ularning 5,4 mingdan ortigʻi xitoyliklar ekani aytilmoqda.
Oq uy maъmuriyati tomonidan soʻngi bir oy ichida mingdan ortiq xorijiy talabalar vizasi va huquqiy maqomi bekor qilindi. Viza bekor qilinishining asosiy sababi — talabalar va boshqa xorijiy fuqarolarning Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlarda ishtirok etgani bilan bogʻliq.
Istanbulda tahsil olayotgan portugaliyalik Mariana Tavaresh va ruminiyalik Mariya Sirbu Islomni qabul qilganidan keyin oʻz vatanlarida toʻqnash kelgan islomofobiya haqida hikoya qilib berdi. Ularning aytishicha, musulmonlar tomonidan koʻrsatilgan yaxshi xulq va shaxsiy namunalar ularning diniy stereotiplardan chiqishiga sabab boʻlgan.
Turkiyaning “Ayollar va Demokratiya” jamgʻarmasi raisi Sumayya Erdoʻgʻon Bayraktar ishga joylashish jarayonida hijobli ayollarga nisbatan kamsitish holatlariga eъtibor qaratdi. U Frantsiya va Shimoliy Kiprdagi cheklov siyosatini tanqid qilib, eъtiqod erkinligini himoya qilishga chaqirdi.
Maъlum qilinishicha, operatsiyani Asadning yaqin odami va iqtisodiy maslahatchisi Yasar Ibrohim tashkil qilgan. Soʻnggi parvoz 8 dekabrda Rossiyaga qarashli Xmeymim harbiy bazasidan amalga oshirilgan.
AQSh harbiylari 17 aprelь kuni Yamanning Ras Isa portiga havo hujumi uyushtirdi. Husiylarga qarashli OAVning xabar berishicha, zarba oqibatida kamida 58 kishi halok boʻlgan, 126 dan ortiq odam jarohatlangan.
Gruziya Taъlim vazirligining xabar berishicha, mamlakat maktablarida 5 sinfdan boshlab ikkinchi xorijiy til sifatida xitoy tili oʻqitiladi. Aytilishicha, ayni paytda mamlakatdagi 15 ta maktabda xitoy tili qoʻshimcha xizmat sifatida oʻrgatilmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakatni Rossiyaning anъanaviy xaridorlariga oʻq-dorilar, raketalar, vertolyotlar va harbiy kemalarni eksport qiladigan yirik etkazib beruvchiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
AQSh yangi shakllanayotgan Suriya hukumatiga bir qator talablar qoʻydi. Unga koʻra, Suriya oʻz hududida Amerika tomonidan olib boriladigan “terrorizmga qarshi kurash” amaliyotlariga ruxsat berishi lozim.