Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakat Gʻazo sektoridan 1000 nafar yarador va etim bolani vaqtincha qabul qilishga tayyor ekanini maъlum qildi. Hozirda prezident Yaqin Sharqqa yoʻl olgan boʻlib, u mintaqa etakchilari bilan Gʻazodagi inqirozni hal qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda.
Evropa Ittifoqi Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maъmuriyatiga moliyaviy yordam ajratish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdi. Quds axborot agentligi maъlumotiga koʻra, EI keyingi ikki yil davomida 1 milliard evrogacha mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda.
Xitoy hukumati AQShdan import qilinadigan barcha tovarlarga bojlarni 84 foizgacha oshirdi. Bu chora AQShning Xitoy mahsulotlariga tariflarni 104 foizgacha oshirish qaroriga javoban qabul qilindi, deya xabar bermoqda Xinhua agentligi.
Adanalik Ridvan Tashtimur oʻzining 30 million liralik (800 ming AQSh dollariga yaqin) villasini gʻazoliklarga sovgʻa qildi. U ushbu xabarni oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maъlum qildi.
Mamlakatlar AQSh bilan bojlarni olib tashlash boʻyicha kelishuvga erishmoqchi. CNN xabariga koʻra, prezident Donald Tramp AQSh bojlar joriy qilgan davlatlar kelishuvga erishish uchun Vashingtonga muzokarachilarni yuborayotganini aytgan.
AQSh hukumati Gʻazoni qoʻllab-quvvatlagani uchun yana besh nafar talabaning vizalarini bekor qilgan. Garvard universiteti maъmuriyati bitiruvchi talabalarning vizani bekor qilish sabablari haqida hech qanday maъlumotga ega emasligini bildirgan.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesusning taъkidlashicha,
Belgiya hukumati Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishga qaror qildi. Mamlakat Bosh vaziri Bart de Vever Kievda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan oʻtkazgan qoʻshma matbuot anjumanida 2025 yil uchun 1 milliard evro ajratilishini eъlon qildi.
Rossiya oʻzining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda davom etmoqda. Markaziy bank maъlumotlariga koʻra, 2025 yil mart oyi yakunlariga koʻra mamlakatning oltin zaxiralari qiymati rekord darajadagi 229 milliard dollarga etdi.
AQSh hukumati Xitoydan import qilinadigan tovarlarga qoʻyiladigan boj stavkalarini 104 foizgacha oshirgani maъlum qilindi.