The New York Times nashrining xabar berishicha, AQSh va Ukraina kamyob metallar boʻyicha kelishuvga erishish uchun muzokara olib bormoqda.
Saudiya Arabistonida “The Rise Tower” deb nomlangan, balandligi 2 000 metr boʻlgan ulkan osmonoʻpar bino barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. Mintaqaga ikkinchi amerikalik aviatsiya tashuvchisi — USS carl Vinson etib keldi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) maъlum qildi.
"Tarif urushlarida gʻolib boʻlmaydi, dunyoga qarshi borsang – yakkalanib qolasan". XXR raisi Si Tszinpin Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda AQShning import bojlariga shunday munosabat bildirdi.
Buyuk Britaniya va Norveya Ukrainaga harbiy dronlar etkazib berishni moliyalashtirish uchun 450 million funt sterling (580 million dollar) ajratadi.
Suriyaning, Jazoir hamda Sudan tashabbusi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yigʻilishida koʻplab davlatlar isroil okkupatsiyasi tomonidan Suriya hududiga uyushtirilayotgan hujumlarni qattiq qoraladi.
Pokistonning etakchi diniy ulamolaridan biri boʻlgan Muhammad Taqiy Usmoniy xalqqa, “Bugun biz bu erda emas, Gʻazzoda toʻplanishimiz kerak edi”, deya murojaat bilan chiqdi.
Oq uy vakilining CNBC telekanaliga bergan maъlumotiga koʻra, AQSh tomonidan Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga joriy qilingan boj stavkalari hozirda 145 foizni tashkil etmoqda.
Soʻnggi kunlarda Yamanning xusiylar boshqaruvidagi harbiy-dengiz kuchlari AQShning CVN-75 Harry S. Truman aviatsiya zarba guruhiga hujum qilgani yoʻq.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rasmiylari oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun maktablarda hijob taqishga rasmiy ravishda ruxsat berdi. Vazirlar Mahkamasining ayni shu masalaga doir yigʻilishidan soʻng taъlim muassasalarida kiyinish qoidalarini tartibga soluvchi intizom nizomiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.