Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani parlament eshituvi vaqtida ushbu moddiy yordam mamlakatdagi siyosiy oʻtish davrini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishini maъlum qildi.
Kanada bosh vaziri Mark Karni AQShning avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etishi ortidan ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va harbiy hamkorlikning avvalgi shaklda davom etmasligini maъlum qildi.
Hujum natijasida bir kishi halok boʻldi, yana bir kishi yaralandi. Bu haqda Livanning rasmiy NNA agentligi xabar berdi.
Maъlum boʻlishicha, Sudan armiyasi shahardagi strategik nuqtalar – Xartum xalqaro aeroporti va prezident saroyini ayirmachi Tezkor harakat kuchlaridan qaytarib olgan.
Tahlilchilarning aytishicha, ushbu qaror global savdo urushini yanada kuchaytirishi mumkin. Avtomobil sanoati mutaxassislari esa, bojxona tariflari narxlarning oshishiga va ishlab chiqarishning sekinlashishiga olib keladi, degan fikrda.
Maъlum boʻlishicha, Dubay sudi 28 yoshli Olimboy Tohirovich, Mahmudjon Abdulrahim va 33 yoshli Azizbek Komilovichni Moldova fuqarosi, BAAda bir necha yildan buyon faoliyat yuritgan va Abu-Dabidagi "Xobod" yahudiy diniy harakati vakili boʻlgan Zvi Koganning oʻlimida ayblab, oʻlim jazosiga hukm qilgan.
Moskva aeroportlarida biometrik nazorat kuchaytirilmoq, noqonuniy migrantlarga esa 30 aprelgacha rasmiy maqom olish talabi qoʻyilgan.
Nьyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti talabasi Yunso Chung Tramp administratsiyasi va AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) ustidan sudda gʻalaba qozondi. Bundan avval 21 yoshli Yunco Chung universitet hududida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlarda ishtirok etgani uchun Tramp maъmuriyati uni hibsga olib, deportatsiya qilishga uringan edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 mart kuni rasmiy tashrif bilan Parijga keldi. Bu erda Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashib, Ukrainaga koʻrsatilayotgan yordam va uning kelgusi istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.
Gʻazo sektoridagi Sogʻliqni saqlash vazirligining maъlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida isroil bombardimonlari natijasida 39 kishi vafot etgan, yana 124 kishi jarohat olgan.