Dajla daryosi boʻyida yoqilgan va tashlab ketilgan yuzlab Qurъon mushaflari topildi. Bu holat musulmonlar orasida jiddiy noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Jurnalistlar bu harakat ortida muayyan mafkuraviy targʻibot turganini aytishmoqda. Hukumat esa hozircha jim…
Prezident Frank-Valьter Shtaynmayer Olaf Sholьts boshchiligidagi hukumatni rasman isteъfoga chiqardi. Yangi Bundestagning ilk majlisida qabul qilingan bu qaror mamlakat siyosiy sahnasida yangi davr boshlanishidan dalolat beradi.
Xabarlarga koʻra, yongʻin sababli 20 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. “Hozirda, barcha favqulodda choralar koʻrilmoqda – yongʻinni bartaraf etish uchun 242 ta vertolyot va 6 mingdan ortiq harbiy xizmatchi safarbar qilingan”, deyiladi mamlakat IIV bayonotida.
Kuba etakchisi isroilning AQSh qoʻllab-quvvatlashi bilan falastinliklarga qarshi amalga oshirayotgan hujumlarini tanqid qildi. U Gʻazodagi aholining ogʻir ahvoli haqida soʻz yuritib, bunday hujumlar oqibatida xalqaro huquq qoidalarining buzilayotganini taъkidladi. Prezident shuningdek, bu harakatlar jazosiz qolmasligi kerakligini qayd etdi.
2024 yil 22 dekabr kuni uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga borgan va ijara uyiga joylashgan. Biroq ularni taklif qilgan shaxs 23 fevralь kuni hech qanday tushuntirishlarsiz Qatarga chiqib ketgan va aloqani uzgan. Buning oqibatida ayollar ijara haqini toʻlay olmay, qiyin ahvolga tushgan.
Anqara bunday kelishuvlar bilan oʻz harbiy mavqeini mustahkamlar ekan, isroil bu jarayonni xavf sifatida baholab, AQSh bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Turkiyaning Suriyadagi ishtiroki kengayishi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyatga qanday taъsir etadi?
Dunyo boʻylab 50 nafar nufuzli Islom ulamolari Isroil va AQShga neft eksport qilishni darhol toʻxtatish haqida fatvo eъlon qildi. Ular hukumatlarni faqat bayonotlar bilan cheklanmasdan, aniq choralar koʻrishga undamoqda.
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi Davlat Dumasiga patent asosida ishlayotgan migrantlardan 30% daromad soligʻi undirish taklifini kiritdi. Partiya rahbari bu chora byudjet daromadini oshirish va hududlar rivojiga hissa qoʻshishini taъkidlamoqda. Agar taklif qabul qilinsa, migrantlar uchun soliq yuki ikki baravarga ortadi.
«No Other Land» filьmi mualliflaridan biri, falastinlik rejissyor Xamdan Balal Gʻarbiy Sohilda niqob kiygan yahudiy koʻchmanchilar tomonidan kaltaklandi va harbiylarga topshirildi. Uning avtomobiliga zarar etkazilib, oʻzi ogʻir jarohat olgan.
AQShda Kolumbiya universiteti talabasi Yunso Chung hukumat tomonidan deportatsiya qilinishga urinishgani sababli prezident Donald Tramp maъmuriyatiga qarshi daъvo arizasi berdi.