Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Amerika-Islom munosabatlari boʻyicha kengash (CAIR) AQShda islomofobiyaning rekord darajaga etgani qayd etilgan. Unga koʻra, 2024 yilda tashkilot 8658 ta shikoyat qabul qilgan, bu 1996 yilda statistika yuritila boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Bu raqam 2023 yilga nisbatan 7,4% ga oʻsgan.
Ukraina AQShning 30 kunlik toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish taklifini qabul qildi. Oʻt ochishni toʻxtatish rejasi Rossiyaning roziligini talab qiladi hamda jang harakatlarini toʻliq toʻxtatishni, shu jumladan dron va raketa hujumlari hamda Qora dengizdagi harbiy faoliyatni toʻxtatishni oʻz ichiga oladi.
Tojikiston Xitoydan HQ-17AE zenit-raketasini qabul qilib olganini eъlon qildi. Yaqinda Oʻzbekiston ham Xitoydan FM-90 va KS-1C havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olgan edi. Mintaqada Xitoy mudofaa sanoati mahsulotlariga qiziqish ortib bormoqda.
Balujistonda jangarilar 500 ga yaqin yoʻlovchisi boʻlgan poezdga hujum qilib, uni toʻxtatdi. Balujiston Ozodlik Armiyasi (BLA) hujum uchun masъuliyatni oʻz zimmasiga oldi. Kamida 100 kishi garovga olingan. Pokiston xavfsizlik kuchlari hujumchilarni oʻrab olgan, toʻqnashuvlar davom etmoqda.
Bloomberg Billionaires Index maъlumotlariga koʻra, Trampning ikkinchi muddati boshlanishi arafasida u bilan Kapitoliy rotondasida oʻtirgan milliarderlarning beshtasi jami 209 milliard dollar yoʻqotdi.
Ramazonning birinchi oʻn kunida Masjidi Harom va Masjidi Nabaviyda rekord darajada namozxonlar ibodat qildi. Xususan, Masjidi Nabaviy va uning hovlislarida 9 705 341 nafar namozxon ibodat qildi.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
11 mart kuni tunda Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan 60 dan ortiq uchuvchisiz uchish apparati (dron) hujumi natijasida Moskva shahri va Rossiya Federatsiyasining bir nechta viloyatlarida turar-joy binolari zarar koʻrdi. Hozircha qurbonlar haqida maъlumot yoʻq.
Bosqinchi isroil askarlari Falastinning Xevron shahridagi Telь-Rumeyda mahallasida hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) davrida qurilgan qadimiy masjidga oʻt qoʻydi. Mahalliy manbalarning xabar berishicha, yongʻin tezda oʻchirilib, katta zararning oldi olingan.