Vashington bir qator davlatlar, jumladan, ettita islom mamlakati fuqarolari uchun kirishni taqiqlash yoki jiddiy cheklashni rejalashtirmoqda. Turizm va immigratsiyaga yoʻl mutlaqo yopilishi mumkin. Faqat boy biznesmenlargina kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinning frontda 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga javobini keskin tanqid qildi. Unga koʻra, Moskva tinchlik shartlarini murakkablashtirib, urushni davom ettirishga harakat qilmoqda. "Bizning talablarimiz aniq, lekin Rossiya tinchlikdan qochmoqda", dedi Ukraina rahbari.
Qatar Suriyaning energetik taъminotini yaxshilash maqsadida gumanitar tashabbus doirasida tabiiy gaz etkazib berishni boshladi. Vashington bilan muvofiqlashtirilgan ushbu qadam mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarish hajmini oshirishni koʻzda tutadi
19 yanvarda eъlon qilingan sulh buzildi – Isroil bombardimonlarni toʻxtatish oʻrniga yanada kuchaytirdi. 2 martdan boshlab hujumlar ataylab koʻpaytirildi, chegara oʻtish joylari esa yopildi. Falastin xalqini nafaqat oʻqqa tutyapti, balki ularni oziq-ovqat va suvdan ham mahrum qilishmoqda.
AQSh va Isroil falastinliklarni Sharqiy Afrikaga joylashtirish boʻyicha muhokamalar olib borgani maъlum boʻldi. Sudan rasmiylari AQSh taklifini rad etishgan. Manbalarga koʻra, muzokaralar hamon davom etmoqda. Trampning rejasi amalga oshadimi?
Indoneziya prezidenti korruptsiyaga aloqador shaxslar uchun moʻljallangan maxsus qamoqxona qurish rejasini eъlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, davlat mablagʻlarini talon-toroj qilishdan eng koʻp jabr koʻrayotgan qatlamlar – oʻqituvchilar, shifokorlar, tibbiyot xodimlari va fermerlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eъlon qilingan yangi hisobotda Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar genotsid aktlari sifatida tasniflandi. Hisobotda urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, ayollarga nisbatan zoʻravonliklar hujjatlashtirilgan.
Avstraliyada islomofobiyaga asoslangan jinoyatlar soni 2023 yil yanvardan to 2024 yil dekabrgacha boʻlgan davrda ikki baravardan koʻproqqa oshgan. Bosqinchi isroilning Falastindagi genotsidi boshlanishi bilan islomofobik hodisalar atigi uch hafta ichida 1300 foizga koʻpaygan.
AQSh Rossiyaning yirik banklariga nisbatan toʻliq bloklovchi sanktsiyalar joriy qildi. Endilikda VEB, Sberbank, VTB, Alfa-bank va boshqa moliya muassasalari xalqaro tranzaktsiyalardan toʻliq uziladi. Bu qaror Evropa davlatlarining endilikda Rossiya neftini sotib olishiga jiddiy toʻsqinlik qilishi mumkin.
Kuni kecha Dohada AQSh prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Brett Uitkoff Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi. Muzokaralarda Gʻazo sektorini tiklash boʻyicha arab rejasini amalga oshirish, uni boshqarish uchun maъmuriy qoʻmita tuzish va tiklanish jarayonini tezlashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.